Osonlashtirilgan xabarnoma

Förenklad delgivning – uzbekiska

Osonlashtirilgan xabarnoma Shvetsiyaning Migratsiya agentligi  o‘zingiz, yashab turibman, degan manzilga pochta orqali qarorini yuborishini anglatadi. Ertasi kuni o‘sha manzilga qaror pochta orqali jo‘natilgani to‘g‘risida boshqa xat yuboriladi. Bunga sabab xato qilish xavfini kamaytirishdir. Shu tariqa Migratsiga agentligi jo‘natilganidan ikki hafta o‘tib, qaror haqidagi xabarnomani olganingizga (xabardor qilinganingizga) ishonch hosil qiladi. Shundan keyin qaror ustidan shikoyat qilish uchun ikki hafta vaqtingiz bo‘ladi.

Agar siz Shvetsiyada qayddan o‘tgan bo‘lsangiz-u, bergan manzilingizdan foydalanilmasa, qaror va nazorat xati qayddan o‘tganingiz to‘g‘risidagi yozuvda ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi.Migratsiya agentligi ro‘yxatga olgani sababli joriy manzilingizni sizni qabul qilgan bo‘limga berishingiz muhim ahamiyatga ega. Pochtangizni doimiy tarzda tekshirib turing. Shikoyat qilganingizda sud ham osonlashtirilgan xabarnoma usulidan foydalanib, qarordan sizni voqif qilishni tanlashi mumkin.

Last updated: 2017-08-24

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.