Sobiq boshpana izlovchilar ish topgan bo´lsangiz va ishlash uchun ruhsat olish arizasini topshirmoqchi bo´lsangiz

Asylsökande som har fått arbete och vill ansöka om arbetstillstånd – uzbekiska

Agar qochoqlik so´rab murojat qilgan arizangiz yuzasidan rad javobi olgan bo´lsangiz va sizga nisbatan davlatdan chiqib ketish yoki chiqarib yuborilish qarori kuchga kirgan bo´lsa ham, siz ba´zi holatlarda Shvetsiyadan chiqib ketmasdan turib, ish ruhsati olish uchun ariza topshirishingiz mumkin. Bunday qoida hatto qochoqlik arizasi birinchi marta ko´rib chiqilib, lekin boshqa ish yuzasidan davlatdan chiqib ketish yoki chiqarib yuborilish qarorini olgan bo´lsangiz ham amaldadir.

Qochoq sifatida boshpana so´rash vaqtida ishlamoqchi bo´lsangiz, sizda AT-UND, ya´ni siz ishga ruhsat zaruratidan mustasno bo´lishingiz lozim. Agar boshpana arizangizga rad javobi kelgan bo´lsada lekin ishingizni davom ettirishingizga taklif tushsa, ba´zi holatlarda ishlashga ruhsatnoma olish arizasini topshirishingiz va shu orqali Shvetsiyada qolib ishingizni davom ettirishingiz mumkin.

AT-UND (ishga ruhsat zaruratidan mustasno) olish uchun nimalar zarurligi haqida o´qing

Boshpana arizasiga rad javobini olganlar uchun ishga ruhsatnoma olishda qo´yilgan talablar

Ishlash uchun ruhsatnoma olishda talablar:

  • Migratsiya hizmatiga ishlash uchun ruhsatnoma olish arizangiz boshpana so´rash bo´yicha arizangizga kelgan qaror kuchga kirgandan ikki hafta (14 kun) ichida kelib tushishi lozim
  • Joriy pasportingiz bo´lishi lozim
  • Boshpana so´rab topshirgan arizangiz vaqtida sizda AT-UND bo´lgan bo´lishi lozim
  • Ohirgi to´rt oy ichida ishlayotgan bo´lishingiz lozim
  • Huddi o´sha ish beruvchidan kamida o´n ikki oyga ish taklifi bo´lishi lozim
  • Ishga taklifning ish bo´yicha sharoitlari Shvetsiya jamoatlari shartnomalari darajasida yoki bu soxa/kasb bo´yicha talabdagi sharoitlarni o´z ichiga olgan bo´lishi lozim. Ish sharoitlari ichiga oylik haqidan tashqari sog´liq sug´urtasi, hayot sug´urtasi, kasb-hunar jarohatlarida havfsizlik sug´urtasi va kasb-hunar nafaqasi sug´urtalari kirishi lozim. Bu talablar ishingizning ohirgi to´rt oyida joriy bo´lishi lozim.
  • Agar siz yarim kun ishlasangiz, oylik haqingiz sohangiz bo´yicha jamoatlar shartnomalari darajasida bo´lishi hamda soliqdan oldin kamida 13000 kr bo´lishi lozim. Bu talab to´rt oy oldin ham amalda bo´lganligi so´raladi.

Qaror kuchga kirib boshlash holatlari

  • Tushuntirish xatini qabul qilib, unga imzo qo´ygan bo´lsangiz
  • Migratsiya hizmati qaroridan xabardor bo´lganligingizga uch hafta o´tgan bo´lsa va siz unga nisbatan norozilik arizasini yozmagan bo´lsangiz
  • Migratsiya hizmati sudi qaroridan xabardor bo´lganligingizga uch hafta o´tgan bo´lsa va siz unga nisbatan Migratsiya yuqori sudiga norozilik bildirib murojat qilishni istamagan bo´lsangiz
  • Migratsiya yuqori sudi ishingizni ko´rib chiqishni rad etgan bo´lsa.

Ishga ruhsatnoma olish uchun siz bitta ish uchun ruhsatnoma talablariga javob berishingiz lozim. Talablarga javob berish uchun sizga ikkita yoki bir nechta ishda ishlash mumkin emas.

Agar pasportingizning amal qilish muddati o´tgan bo´lsa, u holda uni cho´zdirishingiz lozim, chunki ishga ruhsatnoma pasportingiz amal qilish muddatidan uzoqroq vaqtga berilmaydi.

Agar Migratsiya hizmati qochoqlik arizangiz davrida pasportingizni olgan bo´lsa, va pasportingiz hali ham bizda bo´lsa, arizaga qo´shib pasport nushasini yuborishingiz shart emas.

Ish beruvchiga qanday talablar qo´yilganligi haqida Ish Beruvchilar Uchun lavhasiga o´qing (ingliz tilida)

Agar talablarga javob berolmasangiz

Shvetsiyada qolib ishga ruhsatnoma olishingiz uchun yuqoridagi barcha talablarga javob berishingiz lozim. Boshqa holatda Shvetsiyadan chiqib ketib, arizangizni topshirib, ariza bo´yicha qarorni o´z yurtingizda yoki yashashga ruhsatingiz bor bo´lgan boshqa davlatda kutishingiz mumkin.

Nima qilish to´g´risida Shu Usulda Ariza Topshirasiz lavhasida o´qing (ingliz tilida)

Sug´urta borasida muhim ma´lumot

Shvetsiyada yashash davomida kasal bo´lib qolganingizda yoki baxtsiz hodisa natijasida yuzaga keladigan chiqimlarni qoplovchi sug´urtaga ega bo´lishingiz kerak. Agar yashash joyingizda ro´yhatda tursangiz, u holda Shvetsiya ijtimoiy havfsizlik sug´urtasi sizga nisbatan joriy bo´ladi. Agar ro´yhatda turmasangiz, u holda o´zingiz sog´lik sug´urtasini qildirishingiz kerak.

Yashash joyidan ro´yhatdan o´tish uchun qonun bo´yicha Shvetsiyada yashash uchun kamida bir yilga ruhsatingiz bo´lishi hamda bu yerda bir yil yoki undan ortiq yashash maqsadingiz bo´lishi lozim.

Yashash joyidan ro´yhatdan o´tish haqida Soliq qo´mitasining internet sahifasida o´qingexternal link, opens in new window

Oilangiz uchun ruhsat

Siz bilan bir vaqtda oilangiz ham ruhsat olishi mumkin. Oila ichiga:

  • Sizning sambo (birga yashovchi), er/xotin yoki ro´yhatdan o´tgan sheriklar
  • O´zingizning yoki sherigingizning turmushga chiqmagan/uylanmagan 18 yoshgacha bo´lgan bolalari kiradi.

Sizning oilangiz quyidagicha ariza topshiradi

Agar oila a´zolaringiz ham Shvetsiyada boshpana so´rab ariza topshirgan bo´lsa, ular ham ariza yuzasidan rad javobi olishgan bo´lishi va Shvetsiyadan chiqib ketmasdan ariza topshirishi uchun qaror kuchga kirgan bo´lishi lozim. Qaror kuchga kirgandan ikki hafta ichida ularning arizalari yuborilgan bo´lishi lozim.

Agar birga ariza topshirsangiz, u holda o´z internetda to´ldirayotgan arizangizda oilangizni ham qo´shasiz.

Agar ular sizdan keyin ariza topshirishsa, u holda ular alohida internetda ariza topshirishadi. (ingliz tilida)

Ishga ruhsatnoma olish uchun quyidagicha ariza topshirasiz

1

Arizani ish beruvchi boshlab turadi

Shvetsiyadagi ish beruvchingiz ishga ruhsatnoma uchun ish taklifini joriy qilishdan boshlaydi. Ish beruvchingizga sizning ism-sharifingiz, tug´ulgan sanangiz, fuqaroligingiz, ta´limingiz va elektron manzilingiz haqida ma´lumotlar kerak bo´ladi.

Ish beruvchingizga bergan elektron manzilingizni arizangiz bo´yicha qaror chiqqunga qadar ochib o´qib turishnigiz muhim. Migratsiya hizmati arizangiz ko´rib chiqilishi davomida siz bilan elektron manzilingiz orqali muloqotda bo´ladi.

Ish beruvchilarga ma´lumot (ingliz tilida)

2

Sizga elektron xati yuboriladi

Ish taklifi tayyor bo´lgandan so´ng, ishga ruhsatnoma olish uchun qanday qilib ariza topshirilishi haqida ma´lumot beruvchi elektron xatini olasiz. Arizangizda o´zingiz haqingizdagi ma´lumotlarni o´zingiz to´ldirasiz. Agar oilangizga ham yashashga ruhsat kerak bo´lsa, u holda ular uchun ham o´zingiz bilan bir vaqtda ariza topshirasiz. Ish beruvchingiz bilan kelishgan ish sharoitlaringiz ish taklifida to´g´ri ko´rsatilganligini tekshiring.

Oila uchun ruhsatnoma olish haqida o´qing (ingliz tilida)

3

Ilova qilinuvchi hujjatlar

Quyidagi hujjatlarni arizangiz bilan birga yuboring yoki skan qiling/ suratga tushiring

  • Pasportingizda o´zingiz haqida ma´lumotlar, surat, imzo, pasport raqami, pasport bergan davlat, amal qilish muddati yoki mashina orqali o´qiluvchi kodlari va undan tashqari boshqa davlatlarda yashashga ruhsatingiz mavjud bo´lgan barcha pasport betlarining nushalari. Agar boshpana so´rash vaqtida Migratsiya hizmati pasportingizni olgan bo´lsa, u holda pasport nushasini yuborishingiz shart emas.
  • Ish beruvchingiz tegishli jamoat uyushmasidan ish taklifi yuzasidan olgan hulosasi
  • Ohirgi to´rt oy uchun oylik ish qog´ozlari.

Agar pasportingizning amal qilish muddati o´tgan bo´lsa, u holda uni cho´zdirishingiz lozim, chunki ishga ruhsatnoma pasportingiz amal qilish muddatidan uzoqroq vaqtga berilmaydi.

Agar bir vaqtning o´zida oilangiz uchun ham yashash uchun ruhsat olishga ariza topshirayotgan bo´lsa

  • Oila a´zolaringizning pasportlarida o´zlari haqida ma´lumotlar, surat, imzo, pasport raqami, pasport bergan davlat, amal qilish muddati yoki mashina orqali o´qiluvchi kodlari va undan tashqari boshqa davlatlarda yashashga ruhsatlari mavjud bo´lgan barcha pasport betlarining nushalari. Agar boshpana so´rash vaqtida oila a´zolaringizning pasportlari Migratsiya hizmati tomonidan olingan bo´lsa, u holda pasport nushasini yuborishlari shart emas.
  • Nikoh guvohnomasi yoki shunga o´xshash hujjat (nikohdan o´tgan yoki ro´yhatdan o´tgan juftliklar uchun)
  • O´z yurtingizda birga yashaganligingiz haqida hujjat (sambo- birga yashovshilar uchun)
  • Bolalarning tug´ilganlik haqidagi guvohnomalari
  • Agar bola(lar) Shvetsiyaga ko´chadigan bo´lsa lekin ota yoki onaning birortasi Shvetsiyaga ko´chmaydigan bo´lsa, u holda ota yoki onaning bunga roziligi haqida hujjat.

Hujjatlar shvet yoki ingliz tiliga vakolatli tarjimon tomonidan tarjima qilinishi lozim. Hujjatlar haqiqiysining nushasi doim yuborilishi lozim.

Oila a´zolaringiz Shvetsiyadan tashqarida bo´lsa va yashash uchun ruhsatga topshirgan bo´lishsa, u holda yashashga ruhsat kartasini olish uchun Shvetsiya elchixonasi yoki konsulligiga murojat qilishlari lozim.

Oila uchun ruhsatnoma haqida o´qing (ingliz tilida)

Agar oldingi ish beruvchingizda ishlashni davom ettirish uchun ishga ruhsat arizasini topshirayotgan bo´lsangiz

  • O´tgan ruhsat davomidagi yillik daromatlaringiz haqida Soliq qo´mitasidan hujjat
  • Yillik oylik ish qog´ozlari

4

To´lang va arizangizni yuboring

Ko´p holatlarda to´lovni amalga oshirishingizga to´g´ri keladi. To´lovni Visa yoki Master kartalari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Kerakli to´lov to´langandan keyin arizangizni yuborishingiz mumkin. Arizangiz kelib tushgandan so´ng sizga tasdiqlovchi elektron xati yuboriladi. Agar qo´shimcha hujjat/ma´lumotlar lozim bo´lsa, Migratsiya hizmati sizga xabar beradi.

Ishga ruhsat olish uchun to´lovlar haqida o´qing (ingliz tilida)

5

Migratsiya hizmati ishingizni ko´rib chiqadi

Agar yashash uchun ruhsatingiz tugamasdan ishga ruhsat uchun ariza topshirsangiz, qaroringiz chiqqunga qadar ishlab turishga haqli bo´lasiz.

Migratsiya hizmari arizangizni ko´rib chiqishi uchun barcha ma´lumotlar taqdim etilishi va barcha zarur hujjatlar ilova qilinishi lozim. Agar boshidan ariza uchun barcha zarur hujjatlar ilova qilingan bo´lsa, u holda keyin qo´shimcha hujjatlar yuborilganligiga qaraganda arizangizning ko´rib chiqish vaqti qisqaroq bo´ladi.

Ahamiyat bering: ba´zida barcha hujjatlar to´liq bo´lsa ham, Migratsiya hizmati arizangizni yanada to´liqroq ko´rib chiqishiga to´g´ri kelishi mumkin.

Ishga ruhsat olish uchun arizaning ko´rib chiqilish vaqtlari (ingliz tilida)

6

Yashash uchun ruhsat kartasi borasida

Agar uch oydan ortiq muddatga ruhsat olsangiz, u holda sizga yashash uchun ruhsat kartasi beriladi. Karta Shvetsiyada bo´lishingiz uchun dalil bo´lib, unda sizning suratingiz va barmoq izlaringiz bo´ladi. Shuning uchun Migratsiya hizmatida rasmga tushish va barmoq izlarini topshirish uchun tez muddatda vaqt belgilashingiz lozim. Agar oldin yashashga ruhsat kartasini olgan bo´lsangiz ham boshqatdan vaqt belgilashingiz lozim, chunki eski rasm va barmoq izlari saqlab qolinmaydi.

Yashga ruhsat kartasi haqida ko´proq o´qing (ingliz tilida)

Migratsiya hizmatida rasmga tushish va barmoq izlari topshirish uchun vaqt belgilash (ingliz tilida)

7

Sizga qaror e´lon qilinadi

Sizga qaror chiqqanligi haqida elektron xati yuboriladi. Qarorning o´zi Shvetsiyadagi manzilingizga yuboriladi. O´sha paytning o´zida sizga ish beruvchiga ham qaror pochta orqali yuboriladi. Yashashga ruhsat kartasi tayyor bo´lgandan so´ng uy manzilingizga bir hafta ichida yuboriladi.

Chiqib ketish haqidagi qaror o´z kuchida qoladi

Boshpana so´rash bo´yicha arizangizga rad javobi kelgan bo´lsa va siz ishga ruhsat olish uchun ariza toshirgan bo´lsangizda, o´sha rad qarori o´z kuchida qoladi. Migratsiya hizmati faqatgina ba´zi holatlardagina ishga ruhsat bo´yicha qaror chiqmasdan turib sizga nisbatan uyga jo´natish ishini to´xtatib turishi mumkin.

Agar sizga yashash hamda ishga ruhsat berilsa, ruhsatingiz amaliy muddatigacha Shvetsiyada qolishingiz mumkin bo´ladi. Sizning qaytib ketishingiz borasidagi qaroringiz kuchga kirgan paytidan boshlab to´rt yilga qadar yoki qaror qaytarib olingunga qadar o´z kuchida qoladi. Shuning uchun yashashga ruhsatingiz tugamasdan turib ruhsatingizni cho´zdirishga ariza topshirishingiz lozim. Agar arizangiz oldingi ruhsatingiz tugagandan so´ng kelib tushsa, u holda arizangiz ijroga qarshi to´siqlar qonunlari asosida ko´riladi, va bu qonunlar umuman boshqacha bo´lib ularning talablari ancha qattiqroq.


Agar Migratsiya hizmati rad javobini bersa

Sizga ishga ruhsat borasida rad javobi kelsa, siz unga nisbatan norozilik arizasini yozishingiz mumkin. Qarorni qabul qilganingizdan keyin kechi bilan uch hafta ichida norozilik arizangiz Migratsiya hizmatiga kelib tushishi lozim. Agar sizga ishga ruhsat berilmasa, u holda sizga nisbatan oldingi rad qarori (davlatdan chiqib ketish) o´z kuchida qoladi.

Ko´proq ma´lumotlarni Qarordan So´ng lavhasida o´qing (ingliz tilida)

Agar internet orqali ariza topshirmasangiz

Agar internet orqali ariza to´ldirmasangiz, u holda Shvetsiyada ishlash uchun ruhsat olish ariza qog´ozi- Shvetsiyada bo´lganlar uchun- ariza qog´ozi raqami 151011 ni to´ldirasiz. Agar oilangiz ham yashash uchun ruhsat olishga muhtoj bo´lishsa, har bir oila a´zosi o´z arizalarini topshiradi. Ariza qog´ozida qanday hujjatlar ilova qilinishi haqida yozilgan.

Application for Swedish work permit – for applicants currently in Sweden, form number 151011 (ingliz tilida)PDF

Application for permit for family members of employees, visiting researchers, athletes and self-employed persons, form number 13301 (ingliz tilida)PDF

Arizangizni quyidagi manzilga yuboring:

Migrationsverket (Migratsiya hizmati)
Box 3100 (Quti)
903 03 Umeå

Ko´p holatlarda to´lov amalga oshiringiz lozim bo´ladi.

To´lovlar va qanday to´lash haqida ko´proq o´qing (ingliz tilida)

Last updated: 5 December 2017

Was the information on this page helpful to you?