The Swedish Migration Agency logotype

Kutish vaqtida

Medan du väntar – uzbekiska

Quyida Svetsiyada panoh izlayotgan va arizasi ko’rib chiqish darajasida bo’lgan shaxslar uchun ma’lumot keltirilmoqda.

Bu yerda panoh izlab arizani berganingizdan so’ng nima bo’lishi, panohga talabgor sifatida huquqlaringiz, ishga, ta’limga, turar joyga, tibbiy xizmat va moliyaviy yordam olishga huquqlaringiz haqida ma’lumot bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Himoya so´rab topshirgan ariza yuza­sidan tergovni kutish

Tergovga kelishdan oldin uzoq vaqt o´tishi mumkin. Tergovda Shvetsiyada himoya so´rashingizning sabalari, siz bilan nima sodir bo´lganligi va o´z yurtingizga qaytsangiz nima bo´lishi mumkinligi haqida ko´proq gapirib berasiz. Kutish vaqti hamma uchun turlicha bo´ladi.

Qaror chiqishidan oldin sizni bir nechta uchrashuvga chaqirishlari mumkin. Migratsiya hizmati siz uchun belgilagan vaqtlarda keling. Yangi vaqt belgilash uchun bo´sh vaqtlar juda kam bo´lib, agar biz siz uchun yangi vaqt belgilashimiz lozim bo´lsa, qaroringizni yanada ko´proq kutishingizga to´g´ri keladi.

Manzilingiz haqida xabar bering

Agar boshqa joyga ko´chsangiz, Migratsiya hizmatiga yangi manzilingiz haqida xabar bering, chunki tergov yoki boshqa uchrashuvlar haqida sizga xabar berish uchun yangi manzilingiz biz uchun muhim hisoblanadi. Xatlaringizni doim o´qib turing, shunda Migratsiya hizmati yuborgan xabarlardan bexabar qolmaysiz.

Panoh izlov­chi­larga yordam bera­digan tash­ki­lotlar

Amnesty internationalexternal link, opens in new window

Caritas Swedenexternal link, opens in new window

Swedish Network of Refugee Support Groupsexternal link, opens in new window

Swedish Refugee Advice Centerexternal link, opens in new window

Save the childrenexternal link, opens in new window

The Swedish Red Crossexternal link, opens in new window

The Swedish Red Cross Centre for Victims of Torture and Warexternal link, opens in new window

Sociala missionenexternal link, opens in new window

The Church of Swedenexternal link, opens in new window

RFSL-Newcomersexternal link, opens in new window

Shvetsiya jamiyati haqida turli tillardagi ma’lumotni olish uchun bu yerga kiring Information om Sverigeexternal link, opens in new window

Last updated: 2020-09-16

Was the information on this page helpful to you?