The Swedish Migration Agency logotype

Boshpana izlovchilarga moliyaviy yordam

Ekonomiskt stöd för asylsökande – uzbekiska

Odam o‘zini-o‘zi boqa olgani yaxshi. Agar ishlab pul topmasanigiz va boshqa resurslarinigiz bo‘lmasa, Migratsiya agentligiga moliyaviy yordam olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Moliyaviy yordam bir necha qismdan iborat: kundalik yordam puli, turarjoy to‘lovi va maxsus to‘lov.

Boshpana izlayotganda Migratsiya agentligiga qancha pul yoki resursingiz borligini aytishingiz shart. Agar hech qanday resursingiz bo‘lmasa, kundalik xarajatlaringizni qoplash uchun kompensatsiya olasiz.

Agar moliyaviy ahvolingiz o‘zgarsa, masalan, biror ishga kirsangiz, bu haqda Migratsiya agentligiga xabar berishingiz shart. Kundalik xarajatlar uchun pul olib turgan paytingizda pul topayotganingiz haqida xabar bermaslik jinoyatdir. Agar ko´chsangiz, bu sizning kunlik nafaqa olishga bo´lgan huquqingizga ta´sir qilishi mumkin. Shuning uchun agar turar joyingiz o´zgarsa, bu haqida doim Migratsiya hizmatiga xabar berishingiz lozim.

Qarorni kutib turgan paytda ish taklif qilib qolinsa, nima qilishingiz kerakligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot (ingliz tilida)

Kundalik nafaqa

Kundalik nafaqa miqdori turlicha bo´lib, bu agar migratsiya xizmati turar-joylarida tursangiz, va turar-joyga oziq-ovqat bilan taminlash xizmati kirish kirmasligiga ham bog´liqdir. Agar o´z shaxsiy turar-joyingizda tursangiz, masalan do´stlaringiz yoki qarindoshlaringiznikida yashasangiz, bu holat ham kundalik nafaqa miqdoriga ta´sir ko´rsatadi.

Oziq-ovqat ichiga kiruvchi turar­joydagi kundalik yordam puli quyi­da­gicha bo‘ladi:

  • yolg‘iz katta yoshlilar uchun bir kunga 24 krona;
  • turarjoy xarajatlarini birgalashib to‘laydigan 1 katta yoshli kishi uchun bir kunga 19 krona;
  • 17 yoshgacha va 17 yoshda bo‘lgan bolalar uchun bir kunga 12 krona.

Oziq-ovqat ichiga kirmay­digan turar­joydagi kundalik yordam puli quyi­da­gicha bo‘ladi:

  • yolg‘iz katta yoshlilar uchun bir kunga 71 krona;
  • turarjoy xarajatlarini birgalashib to‘laydigan 1 katta yoshli kishi uchun bir kunga 61 krona;
  • 0–3 yashar bolalar uchun kuniga 37 krona;
  • 4–10 yashar bolalar uchun kuniga 43 krona;
  • 11–17 yashar bolalar uchun kuniga 50 krona.

Ikki nafardan ortiq farzandi bor oilalar ikki nafar yoshi katta farzandi uchun to‘liq, qolganlari uchun esa yarim miqdordagi kundalik yordam puli oladi.

Kundalik yordam puli oziq-ovqatdan tashqari kiyim-kechak va poyabzal, sog‘liqni saqlash va dori-darmon, tishlarni davolatish, gigiyena jihozlari, boshqa iste’mol tovarlari va bo‘sh vaqtni o‘tkazish uchun  ham yetarli bo‘lishi shart.

Quyidagi hollarda kundalik yordam puli qisqartirilishi mumkin:

  • shaxsingizni aniqlash uchun hamkorlik qilmasangiz;
  • yashirinib yurish bilan boshpana iltimosingizni surishtirib ko‘rishga xalaqit berish;
  • iltimosingiz rad etilgani xususidaga qarorni olgandan yoki deportatsiya qilinishingizni bilgandan so‘ng vataningizga qaytib ketishni tashkil etishda hamkorlik qilmaslik.

Agar ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklari mavjud tumanlarga ko´chsangiz, kundalik nafaqangiz to´xtatiladi.

Agar xaqiqiy yashab turgan joyingizdan boshqa manzilni ko´rsatsangiz ham, masalan pochta quti manzilini, kundalik nafaqa va mahsus nafaqa olish xuquqini yo´qotasiz.

Shaxsiy turar-joylarda yashash haqida ko´proq o´qing va ko´chayotgan manzilingiz kundalik nafaqa olishingizga tasir ko´rsatishini tekshirib ko´ring

Moliyaviy yordam olish to´xtatiladi

Agar sizga yashash uchun ruxsat berilsa, sizning moliyaviy yordam olish xuquqingiz o´z kuchini yo´qotadi. Agar migratsiya xizmati turar-joylarida yashasangiz, sizni biror munisipalitet qabul qilishi bilanoq nafaqa pulingiz to´xtatiladi. Agar shaxsiy turar-joyda yashasangiz, yashash uchun ruxsat olganingizdan so´ng bir oy o´tib, nafaqa olish xuquqini yo´qotasiz.

Agar arizangiz yuzasidan chiqarib yuborish yoki chiqib ketish haqida qaror kelgan bo´lsa, va bu qaror kuchga kirgan bo´lsa, yoki o´z xohishi bilan chiqib ketish vaqti tugagan bo´lsa ham nafaqa olish xuquqini yo´qotasiz. Bu qoida kattalarga va 18 yoshdan kichin bolalari bo´lmagan ota-onalar uchun amalda. Agar davlatdan chiqib ketsangiz ham nafaqa olish xuquqini yo´qotasiz.

Maxsus to‘lov

Agar kundalik yordam puli yetmaydigan biror narsaga qattiq muhtoj bo‘lsangiz, maxsus to‘lov uchun ariza berishingiz mumkin. O‘zingiz to‘lay olmaydigan narsa yoki xizmatga qattiq ehtiyojingiz borligini ko‘rsata bilishingiz lozim. Masalan, u ko‘zoynak, bolalar aravachasi yoki qishki poyabzal bo‘lishi mumkin. Migratsiya agentligi har bir ehtiyojni alohida baholaydi.

Siz ehtiyojingizni qoplash uchun eng arzon narsa uchungina nafaqa olasiz.

Agar shaxsiy turar-joyga ko´chsangiz va manzilingiz munisipalitet tomonidan ijtimoiy va iqtisodiy muammolari mavjud tuman hisoblansa, bu holat sizning mahsus nafaqa olish xuquqingizga ta´sir ko´rsatadi.

Sizga Migratsiya agentligiga, masalan, boshpana olishingizga oid surishtiruv, o‘zingizni qabul qilgan bo‘lim ma’muriyati xodimi bilan uchrashish yoki guruhga axborot berish tadbirida ishtirok etish uchun kelishni so‘rab qo‘ng‘iroq qilinganda borish-kelish xarajatlari uchun to‘lov puli olishingiz mumkin. O‘zingiz uchrashadigan ma’muriyat xodimi bilan shu haqda gaplashib oling.

Katta yoshlilarga mo‘ljallangan maxsus to‘lov uchun ariza formasi, forma raqami Mot78PDF
Katta yoshlilarga mo‘ljallangan maxsus to‘lov uchun formani qanday to‘ldirish haqida ma’lumot (ingliz tilida)

Balog‘at yoshiga yetmaganlarga mo‘ljallangan maxsus to‘lov uchun ariza formasi, forma raqami Mot79PDF
Balog‘at yoshiga yetmaganlarga mo‘ljallangan maxsus to‘lov uchun formani qanday to‘ldirish haqida ma’lumot (ingliz tilida)

Hamrohsiz bolalar va yoshlarga mo‘ljallangan maxsus to‘lov uchun ariza formasi, forma raqami Mot72PDF

Turarjoy xara­jat­la­rini qoplash

Mabodo ishga kirgan yoki ishlash taklifi olgan bo‘lsangiz, turarjoy xarajatlarini qoplashni so‘rab ariza berishingiz mumkin. Bu uch oydan oshiq davom etmaydigan ish bilan bandlikka va Migratsiya agentligi turarjoy taklif qila olmaydigan joyga ko‘chib o‘tishingizga mo‘ljallangan. Turarjoy xarajatlari qoplovi quyidagicha:

  • oilalar uchun bir oyga 850 krona;
  • bir kishilik oila uchun bir oyga 350 krona.

Moliyaviy kompen­sat­siya haqi­dagi qaror

Migratsiya agentligi moliyaviy kompensatsiya uchun qaror qabul qilgach, siz ushbu qaror haqida bildiruv olasiz

  • sizni qabul qilgan bo‘limda ma’muriyat xodimi orqali yoki
  • osonlashtirilgan xabarnoma deb ataluvchi vosita yordamida.

Osonlashtirilgan xabarnoma Shvetsiyaning Migratsiya agentligi  o‘zingiz, yashab turibman, degan manzilga pochta orqali qarorini yuborishini anglatadi. Ertasi kuni o‘sha manzilga qaror pochta orqali jo‘natilgani to‘g‘risida boshqa xat yuboriladi. Bunga sabab xato qilish xavfini kamaytirishdir. Shu tariqa Migratsiga agentligi jo‘natilganidan ikki hafta o‘tib, qaror haqidagi xabarnomani olganingizga (xabardor qilinganingizga) ishonch hosil qiladi. Shundan keyin qaror ustidan shikoyat qilish uchun ikki hafta vaqtingiz bo‘ladi.

Agar siz Shvetsiyada qayddan o‘tgan bo‘lsangiz-u, bergan manzilingizdan foydalanilmasa, qaror va nazorat xati qayddan o‘tganingiz to‘g‘risidagi yozuvda ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi.

Pochtangizni doimiy tarzda tekshirib turing.

Bank kartasi

Agar siz migratsiya xizmatidan kundalik nafaqa olsangiz, sizga shu pullar tushadigan bank kartasi ham beriladi.

Qochoqlik so´rab murojat qilganlar uchun bank kartasi haqida ko´proq o´qish uchun (ingliz tilida)

Sikoyat qilmoqchi bo‘lsangiz

Agar Migratsiya agentligi kompensatsiyangiz to‘g‘risida noto‘g‘ri qaror qabul qildi deb hisoblasangiz, qaror ustidan shikoyat qilish huquqingiz bor. Bunday holatda qaror haqida xabar topganingizdan (xabarnoma olganingizdan) so‘ng  uch hafta ichida Migratsiya agentligiga shikoyat qilishingiz kerak. Mabodo Migratsiya agentligi qarorini o‘zgartirmaydigan bo‘lsa, shikoyatingiz ma’muriy sudga jo‘natiladi va bu sud qarorni yana bir marta ko‘rib chiqadi. Agar ma’muriy sud shikoyatingizga rad javobi bersa, Apellyatsiya sudiga (kammarrätten) murojaat qilishingiz mumkin.

Shikoyat qilish uchun nima qilishingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumot

Kundalik to‘lov puli yoki boshqa to‘lovlar haqida savollaringiz bo‘lsa

Agar boshpana izlovchilar uchun moliyaviy ko‘mak haqida umumiy savollaringiz bo‘lsa, Migratsiya agentligiga telefon qilishingiz mumkin. Biroq o‘zingizga berilishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida savolingiz bo‘lsa, qabul qilish bo‘limiga kelishingiz kerak bo‘ladi. Migratsiya agentligi xodimlari xavfsizlik qoidalari talablariga ko‘ra bu haqda telefon orqali gaplasha olmaydi. Qabul qilish bo‘limiga o‘zingiz bilan LMA kartangizni olib keling.

Last updated: 28 July 2020

Was the information on this page helpful to you?