Yordam puli (dagersättning) olish uchun ariza topshirish qoidalari

Instruk­tioner till ansökan om dager­sätt­ning – uzbekiska

Yordam puli (dagersättning) olish uchun ariza blankasini (Mot23) topshirish uchun qoidalar. Agar qochoqlik so´rab ariza topshirgan bo´lsangiz va yordam puli olish uchun ariza topshirmoqchi bo´lsangiz blankadan foydalaning.

1. Shaxsiy malumotlar

Arizaga shaxsiy malumotlaringiz va muloqot uchun malumotlarni yozing. Arizada ismi sharifingiz, manzilingiz, tug´ilgan sanagiz, jinsingiz, fuqaroligingiz va Migratsiya hizmatidagi ish raqamingizni ko´rsatishingiz lozim.

2. Moliyaviy deklaratsiya

Daromadlar: ish maoshingiz, yoki biror davlat idorasi yoki biror tashkilotdan oladigan nafaqa puli, masalan kasallik nafaqasi, ota-onalik nafaqasi yoki Ijtimoiy sug´urta hizmati beradigan nafaqa puli oladigan bo´lsangiz shu haqida yozing.

Naqd pul: Naqd pulingiz bo´lsa va uning miqdorini yozing.

Iqtisodiy qiymatga ega boyliklar: agar naqd pulga sotadigan iqtisodiy qiymatga ega boyliklaringiz, masalan mashina, Shvetsiya yoki chet davlat bankida pullaringiz, shaxsiy firmangiz, aksiyalar yoki chet davlatda boyliklaringiz bo´lsa, ularni yozing.


3. Arizaga imzo qo´ying

Imzo qo´yish orqali siz

  • sharaf va vijdon bilan arizada yozgan malumotlaringiz to'g'ri va haqiqat ekanligini tasdiqlaysiz.
  • agar arizada qoldirgan malumotlaringiz o´zgarsa, va sizning moliyaviy yordam olish huquqingizga tasir ko´rsatuvchi omillar yuzaga kelsa, masalan yashash manzilingiz o´zgarsa, Migratsiya hizmatiga xabar berishingiz lozimligini tushungan hisoblanasiz.
  • agar qoldirgan malumotlaringiz notog´ri bo´lsa, bu jinoyat hisoblanib, politsiyaga xabar berilishini tushungan hisoblanasiz.
  • nimaga imzo chekkanligingizni tushungan hisoblanasiz.

Migratsiya hizmati to´g´ri qaror qabul qilishi va sizdan ko´proq malumotlar so´ramasligi uchun arizani to´g´ri to´ldirish juda muhimdir. Agar biror malumot qolib ketsa, Migratsiya hizmati sizdan arizangiz uchun qo´shimcha malumotlari so´rashi mumkin va bu o´z navbatida qaror qabul qilish muddati kechiktirilishiga olib keladi. Agar Migratsiya hizmati sizning yordam puli olishga muhtojligingizni baxolay olmasa, u holda arizangiz rad etiladi.

Arizangizni qabul bo´limiga topshirishingiz yoki jo´natib yuborishingiz mumkin.

Migratsiya hizmati qabul bo´limlarining pochta manzillari (shved tilida)

Last updated: 13 November 2020