Boshpana izlovchilarga tibbiy yordam

Hälso- och sjukvård för asylsökande – uzbekiska

Siz Shvetsiyada boshpana izlayotgan kishi sifatida shoshilinch tibbiy yordam olishingiz va tishlaringizni davolatishingiz mumkin, chunki kasallik kutib turmaydi.

Shvetsiyada okrug kengashlari va hududlar sog‘liqni saqlashga mas’uldir. Bu mamlakatning barcha joylarida amal qiladi. Har bir okrug kengashi yoki hududning veb-sayti bo‘lib, unda shifoxona va salomatlik markazlarida ko‘rsatilyotgan tibbiy yordam haqida axborot berib boriladi. Barcha okrug kengashi va hududlar uchun umumiy veb-sayt ham bor: 1177 Vårdguiden (sog‘liqni saqlashga oid ma’lumotlar xizmati).

1177 sog‘liqni saqlashga oid yo‘riqnomalarda boshqa narsalar qatori turli tibbiy yordam ko‘rsatuvchi va tishlarni davolovchi klinikalar haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin. Kecha-yu kunduz 1177 sog‘liqni saqlashga oid ma’lumotlar xizmatiga qo‘n‘giroq qilishingiz mumkin. Telefon raqami – 1177. Qo‘ng‘iroq qilganda siz bilan hamshira gaplashadi, u ehtiyojingizni aniqlaydi, maslahat beradi va kerak bo‘lsa, zarur tibbiyot klinikasini topib beradi.

Qo‘shimcha ma’lumotni www.1177.se veb-saytidan olingexternal link, opens in new window

Tibbiy yordam olish huquqi

Shvetsiyada boshpana izlayotganingizda shoshilinch tibbiy yordam olishingiz va tishlaringizni davolatishga huquqingiz bor, chunki kasallik kutib turmaydi. Qanday tibbiy yordam olishingiz kerakligini okrug kengashi/hudud hal qiladi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishga oid qonunga ko‘ra, tug‘ruqxona, abort qildirish, homiladorlikning oldini olishga oid maslahat, onalikni muhofaza qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga egasiz.

18 yoshgacha bo‘lgan boshpana izlayotgan bolalar va yoshlar, Shvetsiyada yashovchi boshqa bolalar singari bepul tibbiy yordam olish va tishlarini davolatish huquqiga ega.

Tibbiy ko‘rik

Barcha boshpana izlovchilarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish taklif qilinadi. Boshpana olish uchun ariza berganingizdan so‘ng bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish talab etiladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish boshpana olish uchun bergan arizangizga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu faqat o‘zingiz uchundir, chunki yordam kerak bo‘lsa, uni vaqtliroq olishingiz mumkin. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan paytda salomatlik masalalari bo‘yicha maslahat, skrining tekshiruvidan o‘tish taklifi va Shvetsiyaning sog‘liqni saqlash tizimi haqida ma’lumot olasiz. Tibbiyot xodimlari Shvetsiya Migratsiya agentligi uchun ishlamaydi va ular sir saqlash to‘g‘risida qasam ichgan.

Nogironlik

Sog´lingizni tekshirish jarayonida nogiron bo´lsangiz yoki oldin nogironlik boshingizdan o´tgan bo´lsa, shular haqida aytib o´tish imkoniyatiga egasiz. Aniqroq qilib aytganda, jismoniy, ruhiy yoki aqliy jihatdan nogironlik bo´lsa.
Boshpana so´rash vaqtida muloqot qilishda sizga qiyinchilik tug´diruvchi biror nogironlik bo´lsa, yordam olishingiz mumkin. Nogironlik yashash uchun ruhsat olishga umuman daxlsizdir.

Agar nogiron bo´lsangiz va Shvetsiyada yashash uchun ruhsat olsangiz, jamiyatga qo´shilib ketishingizni yengillashtiruvchi turli yordamlar olishingiz mumkin.

Tibbiy yordam kerak bo‘lganda

Agar kasal yoki yaralangan bo‘lsangiz, birinchi qiladigan ishingiz tibbiyot markaziga borishdir. Aksariyat hollarda tibbiy markazga borishdan oldin qo‘ng‘irioq qilib, uchrashuv vaqtini band qilib qo‘yishingiz kerak. 1177 sog‘liqni saqlashga oid ma’lumotlar xizmati yordamida o‘zingiz yashaydigan joydagi tibbiyot markazlarining telefon raqamlarini olishingiz mumkin. Agar sog‘ligingiz og‘ir va tez yordam mashinasi chaqirmoqchi bo‘lsangiz, 112 favqulodda vaziyatlar uchun telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Shoshilinch stomatologiya yordami uchun Milliy stomatologiya markaziga borishingiz yoki okrug kengashi/hudud tavsiya qilganboshqa biror stomatologga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar shvedcha gapirmaydigan bo‘lsangiz, vrach, shifoxona yoki stomatologiya xizmatining biror mutaxassisi  qabuliga borayotganda tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga egasiz. Aksariyat hollarda tibbiyot markazi xodimlari tarjimon yollashi mumkin. Vrach bilan uchrashuv belgilayotganda tarjimon kerakligini ayting.

Dori-darmon

Dorixonadan turli dorilar va boshqa sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq mahsulotlar sotib olishinghiz mumkin. O‘sha yerdan vrach yozib bergan dorilarni olsa bo‘ladi.

Bemor uchun ulov

Agar sog‘ligingiz yomonligi sababli shifoxonaga bora olmasangiz, bemor uchun ulovga buyurtma berishingiz mumkin. Sog‘liq bilan bog‘liq holatda tibbiyot markazi yoki shifoxonaga borish-kelish xarajatlari uchun tovon puli olishingiz ham mumkin. O‘zingiz yashaydigan okrug kengashi/viloyat haqida ma’lumot olish uchun 1177 Vårdguiden xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling.

www.1177.se/Regler-och-rattigheter/Sjukresor/ veb-saytidan qo‘shimcha ma’lumot oling (shved tilida)external link, opens in new window

LMA kartangizni o‘zingiz bilan olib yuring

Tibbiyot markazi yoki dori olish uchun dorixonaga borganda LMA kartangizni, hali LMA kartasini olmagan bo‘lsangiz, boshpana so‘raganingizni isbotlovchi kvitansiyani ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda tibbiyot markaziga borganingizda LMA kartangizni ko‘rsatsangiz, eng kam haq to‘laysiz. Dorixonada kartani ko‘rsatsangiz, vrach yozib bergan dorilar uchun ham eng kam haq to‘laysiz.

Tibbiy yordam uchun to‘lovlar

Ushbu to‘lovlar LMA kartasini ko‘rsatgan bopshpana izlovchilar uchun amal qiladi.

Tibbiy yordam markazi yoki shifoxonaga borish
  
Tibbiy yordam markazida vrach qabuli50 krona
Yo‘llanmadan keyingi vrach qabuli*50 krona
Yo‘llanmadan keyin* vrachdan boshqa shaxs qabuliga borish (masalan, hamshira, psixoterapevt, konsultant)25 krona
Bolalar kasalliklari oldini olish, homilador ayollarga qarab turish, homiladorlik parvarishi va tug‘ruqBepul
Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bo‘lsangiz, boshqalarga yuqtirmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rishBepul

*Yo‘llanma muloqot turi bo‘lib, maxsus tekshiruv yoki davolash kerak bo‘lganda vrach bemorni boshqa shifoxonaga yuborishini anglatadi. Yo‘llanmada kasalligingiz alomatlari, o‘zingizni qanday his qilayotganingiz, oldin chalingan kasalliklaringiz va yaralaringiz haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Yo‘llanmani olgan shifoxona ko‘rikdan o‘tkazish uchun sizga qo‘ng‘iroq qiladi.

Shoshilinch davolash

Okrugiga qarab kasalxonada shoshilinch davolanish xarajatlari o‘zaro farq qiladi. Okrug kengashi/hudud veb-sayti yoki 1177 Vårdguiden xizmati orqali joriy to‘lov narxlarini bilib olishingiz mumkin.

Tishlarni shoshilinch davolash

 

 

Milliy stomatologiya xizmati yoki boshqa stomatologga tishlarni shoshilinch davolatish uchun borish

50 krona

Milliy stomatologiya xizmatidan rozilik olmay turib, xususiy stomatolog qabuliga borish

Stomatolog haqi

Dori-darmon

Retsept bilan olinadigan dorilarning aksariyati uchun ko‘pi bilan 50 krona to‘laysiz. Ba’zan retsept yozib berilgan dorilar 50 kronadan qimmat turadi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dorilar retsept bilan bepul beriladi.

Bemor uchun ulov

Bemor uchun ulovga 40 kronadan ko‘p haq to‘lamaysiz.

Migratsiya agentligidan to‘lov puli olish

Davolanish yoki retsept bo‘yicha sotib olgan dorilaringiz xarajatini qoplash uchun Migratsiya agentligidan to‘lov puli olish maqsadida ariza berishingiz mumkin.

Xarajatlaringiz 400 kronadan oshib ketsa

Agar 6 oy mobaynida vrach qabulida bo‘lganingiz, bemor uchun ulov, retsept bilan berilgan dorilar yoki boshqa davolanish (psixoterapiya singari) uchun 400 kronadan ko‘p pul to‘lagan bo‘lsangiz, maxsus to‘lov puli olish uchun ariza berishingiz mumkin. Migratsiya agentligi 400 kronadan oshgan xarajatlaringiz uchun tovon puli berishi mumklin. Xarajatlaringiz pulini qaytarib olish maqsadida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lagan pulingizni (yig‘imlarni emas) isbotlash uchun kvitansiyalarni ko‘rsatishingiz shart. Olingan dorilar uchun kvitansiyalarga kelsak, kvitansiyaning nominigiz yozilgan qismida retsept qog‘ozi haqidagi ma’lumotlarni berishingiz lozim.

Shoshilinch tibbiy yordam va dorilar

Shoshilinch tibbiy yordam xarajatlari yuqorida qayd etilgan 400 kronaga kirmaydi, lekin siz uning 50 kronadan oshadigan qismiga maxsus tovon puli olish uchun ariza berishingiz mumkin. Ayni shu qoida Milliy stomatologiya xizmati ochiq bo‘lmagan va siz muhtoj bo‘lgan paytda ish vaqti to‘g‘ri kelmagan hollarda tishlaringizni shoshilinch davolatganingizga ham taalluqlidir.

Shoshilinch yordam olish uchun borganingizdan so‘ng kvitansiyani Migratsiya agentligiga imkon qadar tezroq olib boring va tovon puli olish uchun ariza yozib bering.

Retsept bilan beriladigan va 50 kronadan qimmat dorilarga tovon puli olish uchun ham ariza berishingiz mumkin.

Last updated: 14 December 2017

Was the information on this page helpful to you?