Boshpana so´raganlar uchun sog´liqni saqlash hizmatlari

Hälso- och sjukvård för asylsökande – uzbekiska

Sizga boshpana so´rovchi sifatida Shvetsiyada sog´liqni saqlash, tish salomatligi va tez yordam hizmatlaridan foydalanish huquqi beriladi.

Shvetsiyada jamoat uchun sog´liqni saqlash hizmatlari tuman yoki viloyatlar kengashlari tomonidan boshqariladi. Bunday hizmatlar butun mamlakat bo´ylab mavjuddir.

Agar kasal bo´lib qolsangiz yoki jarohat olsangiz, birinchi navbatda kasalxonaga murojat qiling. Ko´pincha kasalxonaga borishdan oldin vaqt belgilashingizga to´g´ri keladi. Vaqt belgilashda, agar tarjimonga muhtojligingiz bo´lsa, bu haqida ayting. Agar bexosdan kasal bo´lib qolsangiz va sizga tez yordam kerak bo´lsa, u holda 112 tezkor raqamiga qo´ng´iroq qiling.

Ushbu ma´lumotlarning eng tagida qanday qilib o´zingizga kerakli tibbiy hizmatni topishingiz haqida ma´lumotlar berilgan, bundan tashqari qayerdan maslahat yoki ko´proq ma´lumot olish haqida ham bilib olasiz.

To´g´ri tibbiy hizmat

Shvetsiyada boshpana so´raganingizga sizga sog´liqni saqlash, tish salomatligi va tez yordam hizmatlaridan foydalanish huquqi beriladi. Sizga qanday tibbiy hizmatlar lozimligi haqida tumanlar/viloyatlar kengashi belgilaydi. Bundan tashqari sizga akusherlik-, abort-, kontratseptivlar haqida maslahatlar- va antenatal hizmatlari hamda yuqumli kasalliklar haqidagi qonun bo´yicha tibbiy hizmatlardan (yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish haqida qonun) foydalanish huquqi beriladi.

Boshpana so´rovchi bolalar va 18 yoshdan kichik o´smirlarga ham Shvetsiyada yashovchi boshqa bolalar kabi bir xil tibbiy va tish salomatligi hizmatlaridan foydalanish huquqi beriladi. Tibbiy hizmatlarning asosiy qismi bolalar uchun tekin, lekin yashash joyiga qarab farqli bo´lishi mumkin. Agar shifokor retsept yozsa, bolalar uchun dorilarni olish tekin bo´ladi.

Kasalxona xodimlari bilan muloqot qilish uchun tarjimon so´rashingiz mumkin. Vaqt belgilash davomida tarjimonga muhtojligingiz bo´lsa, bu haqida ayting.

Tibbiy ko´rik

Barcha boshpana so´raganlar tibbiy ko´rikdan o´tkaziladi. Boshpana so´raganingizdan so´ng tez orada sizga tekin tibbiy ko´rik uchun chaqiruv qog´ozi yuboriladi.

Tibbiy ko´rik sizning boshpana so´rab yozgan arizangizga ta´sir qilmaydi. Bu hizmat siz uchun bo´lib, agar sizga yordam kerak bo´lsa, o´sha yordamni tezroq olish uchundir. Tibbiy ko´rikda siz salomatligingiz yuzasidan maslahatlar olishingiz, analizlar topshirishingiz va Shvetsiyada sog´liqni saqlash qandayligi haqida ma´lumotlar olishingiz mumkin. Sog´liqni saqlash hizmati xodimlari Migratsiya hizmati uchun ishlamaydi va barcha ma´lumotlarni sir saqlashadi.

Zo´ravonlik va jinsiy tazyiq

Ko´plab boshpana so´rovchilar o´z yurtlarida yoki Shvetsiyaga kelishda zo´ravonlik yoki jinsiy tazyiqqa uchragan bo´lishlari mumkin. Bunday tazyiqlardan odam ham jismoniy ham ruhiy azoblanadi. Jismoniy jarohatlardan tashqari odam tushkunlikka tushishi, havotirlanishi yoki uxlay olmasligi mumkin. Tibbiy ko´rikka kelganingizda kasalxona xodimlariga qanday og´riqlar sizni bezovta qilayotganligi haqida ayting, shunda ular sizga kerakli yordamni ko´rsatishadi.

Har qanday zo´ravonlik va jinsiy tazyiq Shvetsiyada noqonuniy hisoblanadi. Sizga jarohat yetkazgan odamgina aybdor bo´lib, siz hech qachon boshingizdan o´tgan zo´ravonlik yoki jinsiy tazyiq uchun jazolanmaysiz. Bu orangizdagi munosabatdan qat´iy nazar amalda, masalan, nikoh ichidagi zo´rlash va bolalarni urish/jazolash. Agar sizga tazyiq bo´lsa, politsiyaga murojat qiling.

Ayollarni sunnat qilish

Bizga ma´lumki, ayollarni sunnat qilish dunyoning ko´plab yerlarida amalga oshiriladi. Bunday holatda qizning yoki ayolning jinsiy organi ichi kesib tashlanadi. Ayollar sunnati Shvetsiyada butunlay taqiqlanadi va juda og´ir jinoyat hisoblanadi. Bunday sunnat qilingan ayol ham jismoniy ham ruhiy azoblanadi. Agar siz yoki qizingizga nisbatan kimdir shunday qilgan bo´lsa, va bundan siz yoki qizingiz azoblansa, kasalxonadan yordam topishingiz mumkin. Tibbiy ko´rik jarayonida yoki sizga yaqin kasalxona xodimlariga bu haqida ayting.

Jinsiy yo´l bilan yuqadigan kasalliklar

Sizda jinsiy yo´l bilan yuqadigan kasalliklar haqida va boshqalarni yuqtirishni oldini olish haqida ma´lumotlar olishga huquq bor. Jinsiy yo´l bilan yuqadigan kasalliklarga masalan xlamidioz, gepatit, gonoreya va OIV kiradi. Agar sizda shunday kasalliklardan birortasi borligini bilsangiz, siz Shvetsiya qonuniga binoan bu haqida kasalxona xodimlariga aytishga majbursiz va sizga to´g´ri yordam ko´rsatiladi, hamda boshqalarni yuqtirmaslik yuzasidan ham yordam beriladi. Tibbiy ko´rik jarayonida bu haqida kasalxona ishchilariga ayting. Agar sizga bunday kasalliklarni yuqtirilganligiga shubxa qilsangiz, sizdan analiz olishadi.

Kontratseptivlar va antenatal

Shvetsiyada boshpana so´raganlar uchun antenatal va akusherlik hizmatlari tekin ko´rsatiladi. Bu abort bilan bog´liq tibbiy hizmatlarga ham tegishli. Agar ona bo´lmoqchi bo´lsangiz, o´zingiz tanlashingiz mumkin bo´lgan kontratseptivlar bo´yicha tekin maslahat olishingiz mumkin. Qizlar ham o´g´il bolalar ham homiladorlikdan ham o´zlarini, ham boshqalarni qanday saqlashlari haqida ma´lumotlar olishga haqli.

Kontratseptivlarning har hil turlari mavjud. Prezervativlarni dorixona yoki oziq-ovqat do´konlaridan sotib olishingiz mumkin. Agar boshqacha kontratseptivlardan olmoqchi bo´lsangiz, o´zingizga mos tushadigan turini shifokor yoki akusher sizga retsept qilib yozib beradi. Retsept orqali kontraseptivlar 21 yoshdan kichiklar uchun tekindir, va ba´zi joylarda 25 yoshgacha faqatgina bir qismini to´lab olishimngiz mumkin.

Agar homilador bo´lsangiz, tibbiy ko´rik jarayonida bu haqida kasalxona xizmatchilari bilan gaplashishingiz yoki sizga yaqin kasalxona xodimlariga murojat qilib, sizga qanday tibbiy hizmatlar lozimligi haqida maslahatlashishingiz mumkin.

Ruhiy bezovtalik

Boshpana arizangiz bo´yicha qarorni kutish jarayonida kelajagingiz haqida o´ylab bezovta bo´lish oddiy holatdir. Ko´plab boshpana so´raganlar boshlaridan o´tkazgan hodisalar tufayli yoki oilalari uchun havotirlanishlari oqibatida o´zlarini yomon his qilishadi. Odam o´zini ruhiy yomon his qilishiga masalan havotirlanish, uxlay olmaslik, hafa bo´lish va tushkunlikka tushish kiradi.

Yashab turgan joyingizdagi kasalxonalardan yordam olishingiz mumkin. Tibbiy ko´rik jarayonida kasalxona hodimlari bilan gaplashing. Agar bolangiz o´zini yomon his qilayotganligidan havotir bo´lsangiz, u holda bolalar kasalxonasi yoki bolangizning maktabi bilan muloqot qiling.

Nogironlik

Tibbiy ko´rik jarayonida agar nogironligingiz bo´lsa, yoki borligiga ishonsangiz bu haqida aytishingiz mumkin. Nogironlik deganda jismoniy, ruhiy yoki aqliy qobiliyatdagi buzilishlarni tushunish mumkin.

Agar boshpana so´rashda muloqotga kirishda nogironligingiz vaziyatingizni qiyinlashtirsa, yordam olishingiz mumkin bo´ladi. Yashashga ruhsat olishda nogironlik to´sqinlik qilmaydi. Agar nogironligingiz bo´lsa va Shvetsiyada yashashga ruhsat olsangiz, shved jamiyatida o´z o´rningizni topishni osonlashtirish uchun yordam olishga haqlisiz.

Tish salomatligi hizmatlari

Katta yosh inson sifatida sizga tez tish salomatligi hizmati ko´rsatiladi. Tish shifokori tishingizni davolash tez yordamga muhtojligi va sizga qanday tibbiy hizmat lozimlig haqida hulosa chiqaradi. Bolalar tish shifokoridan ham tez ham oldini oluvchi tibbiy hizmatlarga haqlidir. Shvetsiyadagi barcha bolalar uchun tish hizmatlari tekin.

Tish hizmatiga muhtoj bo´lsangiz, Folktandvårdenga murojat qiling yoki tuman/viloyat kengashi ko´rsatmasiga binoan boshqa tish shifokoriga uchrashing.

Ko´z tekshiruvi

Agar ko´zoynakka muhtojlik sezsangiz, hoxlagan ko´z shifokoriga borishingiz mumkin. Agar sizga ko´zoynak lozim bo´lsa, shifokor sizga qog´oz yozib beradi va siz bu qog´ozni Migratsiya hizmatiga olib kelsangiz, ko´zoynak olish uchun mahsus yordam puliga ariza yozishingiz mumkin. Sizga ko´zoynak uchun moliyaviy yordam lozimligi haqida Migratsiya hizmati xodimi qaror chiqaradi, va ko´zoynak buyurtma qilishdan oldin qarorni kutishingiz lozim.

Dorilar

Dorixonalardan turli xil dorilar va boshqa sog´liq uchun harsalar xarid qilishingiz mumkin. U yerdan yana retsept bo´yicha dorilarni olishingiz mumkin. Retsept bo´yicha dorilarni olmoqchi bo´lsangiz, LMA kartangizni ko´rsatishni unutmang. Sizga shifokor yozgan dorilarning ko´pchiligiga arzon miqdorda pul to´laysiz.

Sog´liqni saqlash yuzasidan boshqa ma´lumotlar

  • http://www.1177.se/external link, opens in new window sahifasida turli tillarda kasalliklar va Shvetsiya salomatlik hizmatlari haqida ma´lumotlar mavjud. U yerda yana yashab turgan joyingizdagi kasalxonalar va tish shifokorlarining telefon raqamlarini topishingiz mumkin.
  • 1177 raqamiga Vårdguiden (Salomatlik ko´rsatmalari) ga qo´ng´iroq qilishingiz mumkin. U yerda hamshira savollaringizga javob beradi va maslahatlar olishingiz mumkin. Hamshira sizga tibbiy yordam qanchalik kerakligini baxolab, lozim bo´lsa kerakli kasalxonaga ko´rsatma beradi. 
  • Agar ruhiy muammongiz bo´lsa, Hjälplinje (Yordam yo´li) ga 0771‑22 00 60 raqamiga qo´ng´iroq qilishingiz mumkin. Har kuni soat 13-22 orasida telefon orqali vaqtinchalik ruhiy yordam olishingiz ham mumkin. Kimligingizni mahviy tutishingiz mumkin.
  • https://www.rfsu.se/uposexternal link, opens in new window sahifasida o´z tanasi, jinsiy hayoti va sog´ligi haqida bilmoqchi bo´lganlar uchun qisqa malumotlar filmlari mavjud. Filmlar turli tillarda mavjud. Filmlar orasida saqlanish usullari, tug´ish va homiladorlik haqida ham filmlarni topishingiz mumkin.
  • http://www.youmo.se/external link, opens in new window sahifasida o´smirlar uchun salomatlik, munosabatlar, jinsiy aloqa va boshqa narsalar haqida turli tillarda ma´lumotlar mavjud.
  • Kvinnofridslinjen (ayollarga uy zo´ravonligida yordam yo´li) qo´rqitish, jismoniy, ruhiy va jisniy zo´ravonlikka uchragan ayollar uchun yordam va maslahatlar beriladi. 020‑505050 raqamiga qo´ng´iroq qiling. Bir necha daqiqada tarjimon ham topib berishadi. Bundan tashqari kvinnofridslinjen.seexternal link, opens in new window. sahifasida turli tillarda ko´proq ma´lumotlarni o´qishingiz mumkin.
  • Qabulxonalar yoki yashab turgan joyingizdagi xodimlar sizga ko´proq ma´lumotlar topishga va yashab turgan joyingizda to´g´ri tibbiy hizmat olishingiz uchun qayerga murojat qilishingiz lozimligi haqida yordam beradi.

Tibbiy transport

Agar tibbiy hizmat uchun borishingiz lozim joyga o´zingiz borishingizning imkoniyati bo´lmasa, u holda tibbiy transportga buyurtma berishingiz mumkin. Siz yana kasalxonaga borish va undan qaytish uchun qilgan harajatingizga agar bunga tibbiy sabablar bo´lsa, pul olishingiz mumkin. Sizga tibbiy hizmat ko´rsatuvchi kasalxona transport lozimligini belgilaydi. 1177 Vårdguiden ga qo´ng´iroq qiling va yashab turgan joyingiz tuman/viloyat kengashiga qarab tibbiy transport hadiqa ko´proq ma´lumot olishingiz mumkin.

www.1177.se/sa-fungerar-varden/sjukresor-och-fardtjanst/sjukresor/ veb-saytidan qo‘shimcha ma’lumot oling (shved tilida)external link, opens in new window

 

LMA-kartangizni olib keling

Kasalxonaga borganda yoki dorixonadan dorilar olganda LMA-kartangizni ko´rsatishingiz kerak. Agar hali LMA-karta olib ulgurmagan bo´lsangiz, u holda boshpana so´raganligingiz haqida kvitansiyani ko´rsating. Kasalxonaga borganda ba´zi holatlarda LMA-kartani ko´rsatsangiz, arzonroq pul to´laysiz. Agar dorixonadan shifokor retsepti bilan dori olganda ham LMA-karta orqali arzonroqqa sotib olishingiz mumkin.

Last updated: 17 April 2019

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.