Tibbiy yordam uchun to‘lovlar

Avgifter för sjukvård – uzbekiska

Ushbu to‘lovlar LMA kartasini ko‘rsatgan bopshpana izlovchilar uchun amal qiladi.

Tibbiy yordam markazi yoki shifoxonaga borish
  
Tibbiy yordam markazida vrach qabuli50 krona
Yo‘llanmadan keyingi vrach qabuli*50 krona
Yo‘llanmadan keyin* vrachdan boshqa shaxs qabuliga borish (masalan, hamshira, psixoterapevt, konsultant)25 krona
Bolalar kasalliklari oldini olish, homilador ayollarga qarab turish, homiladorlik parvarishi va tug‘ruqBepul
Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bo‘lsangiz, boshqalarga yuqtirmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rishBepul

*Yo‘llanma muloqot turi bo‘lib, maxsus tekshiruv yoki davolash kerak bo‘lganda vrach bemorni boshqa shifoxonaga yuborishini anglatadi. Yo‘llanmada kasalligingiz alomatlari, o‘zingizni qanday his qilayotganingiz, oldin chalingan kasalliklaringiz va yaralaringiz haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Yo‘llanmani olgan shifoxona ko‘rikdan o‘tkazish uchun sizga qo‘ng‘iroq qiladi.

Shoshilinch davolash

Okrugiga qarab kasalxonada shoshilinch davolanish xarajatlari o‘zaro farq qiladi. Okrug kengashi/hudud veb-sayti yoki 1177 Vårdguiden xizmati orqali joriy to‘lov narxlarini bilib olishingiz mumkin.

Tishlarni shoshilinch davolash

 

 

Milliy stomatologiya xizmati yoki boshqa stomatologga tishlarni shoshilinch davolatish uchun borish

50 krona

Milliy stomatologiya xizmatidan rozilik olmay turib, xususiy stomatolog qabuliga borish

Stomatolog haqi

Kasalxona to´lovini quyidagicha to´laysiz

Kasalxona, poliklinika yoki tish klinikasidan (Folktandvården) tashrifingiz uchun to´lovni qanday amalga oshirishingiz mumkinligi haqida so´rashni unutmang. Yashash joyingizga qarab, to´lovni amalga oshirish usuli ham turlicha bo´ladi. Ba´zi kasalxonalarda to´lovni karta yoki naqd pul orqali amalga oshirish mumkin bo´lsa, boshqalari uy manzilingizga to´lov qog´ozi jo´natadi. Agar kasalxonada to´lov faqat to´lov qog´ozi orqali amalga oshirilsa, kasalxonadan to´lovni kasalxonaga qaytib kelib, o´sha yerning o´zida to´lash mumkinligi haqida so´rang, chunki qochoq so´rovchi sifatida sizning to´lov qog´ozi orqali to´lash imkoniyatingiz chegaralangan.

Dori-darmon

Retsept bilan olinadigan dorilarning aksariyati uchun ko‘pi bilan 50 krona to‘laysiz. Ba’zan retsept yozib berilgan dorilar 50 kronadan qimmat turadi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dorilar retsept bilan bepul beriladi.

Bemor uchun ulov

Bemor uchun ulovga 40 kronadan ko‘p haq to‘lamaysiz.

Migratsiya agentligidan to‘lov puli olish

Davolanish yoki retsept bo‘yicha sotib olgan dorilaringiz xarajatini qoplash uchun Migratsiya agentligidan to‘lov puli olish maqsadida ariza berishingiz mumkin.

Xarajatlaringiz 400 kronadan oshib ketsa

Agar 6 oy mobaynida vrach qabulida bo‘lganingiz, bemor uchun ulov, retsept bilan berilgan dorilar yoki boshqa davolanish (psixoterapiya singari) uchun 400 kronadan ko‘p pul to‘lagan bo‘lsangiz, maxsus to‘lov puli olish uchun ariza berishingiz mumkin. Migratsiya agentligi 400 kronadan oshgan xarajatlaringiz uchun tovon puli berishi mumklin. Xarajatlaringiz pulini qaytarib olish maqsadida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lagan pulingizni (yig‘imlarni emas) isbotlash uchun kvitansiyalarni ko‘rsatishingiz shart. Olingan dorilar uchun kvitansiyalarga kelsak, kvitansiyaning nominigiz yozilgan qismida retsept qog‘ozi haqidagi ma’lumotlarni berishingiz lozim.

Agar kasalxonadagi shifokor tomonidan yo´llanmasiz mutaxassis shifokorga ko´rinmoqchi bo´lsangiz, u holda tibbiy hizmat to´lovi balandroq bo´ladi. Bu to´lov yuqori harajat himoyasi, ya´ni o´sha 400 kronga kirmaydi.

Shoshilinch tibbiy yordam va dorilar

Shoshilinch tibbiy yordam xarajatlari yuqorida qayd etilgan 400 kronaga kirmaydi, lekin siz uning 50 kronadan oshadigan qismiga maxsus tovon puli olish uchun ariza berishingiz mumkin. Ayni shu qoida Milliy stomatologiya xizmati ochiq bo‘lmagan va siz muhtoj bo‘lgan paytda ish vaqti to‘g‘ri kelmagan hollarda tishlaringizni shoshilinch davolatganingizga ham taalluqlidir.

Shoshilinch yordam olish uchun borganingizdan so‘ng kvitansiyani Migratsiya agentligiga imkon qadar tezroq olib boring va tovon puli olish uchun ariza yozib bering.

Retsept bilan beriladigan va 50 kronadan qimmat dorilarga tovon puli olish uchun ham ariza berishingiz mumkin.

Agar arizangizga rad qarori kelgan bo´lsa

Agar ustidan norozilik bildirib bo´lmaydigan davlatdan chiqib ketish yoki chiqarib yuborish qarori chiqarilganligi sababli sizga Migratsiya hizmati tomonidan beriladigan moliyaviy yordam to´xtatilgan bo´lsa, u holda LMA-kartasini qaytarishingiz kerak, yana dori-darmon yoki shifokor ko´rigi uchun moliyaviy yordam ham to´xtatiladi.

Last updated: 26 September 2019

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.