Boshpana izlovchi sifatida topshirgan arizangiz vaqtida ishlash haqida

Arbeta under tiden som asylsökande – uzbekiska

Avvalambor, boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish davri davomida, siz mustaqil ravishda o’zingizni o’zingizning jamg’armangiz yoki ishga joylashuvingiz orqali ta’minlashingiz zarur.

Boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish davri davomida ishga joylashish mumkin bo’lishi uchun siz qochoqlar uchun ishlashga maxsus ruxsatnoma to’g’risidagi guvohnomani olishingiz zarur, qaysikim shvedchada AT-UND qisqartmasi bilan yuritiladi.

Boshpana olish to’g’risidagi iltimosnomani beruvchi shaxslarni ishga joylashtirish tartibi

Quyidagi talablarni bajarish sharti bilan siz qochoqlar uchun ishlashga ruxsatnomani olish huquqiga ega bo’lasiz:

  • Siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etdingiz, yoki boshqa yo’llar bilan shaxsingizning aniqlanishiga ko’maklashasiz.
  • Boshpana taqdim etish to’grisidagi ish Shvetsiyada ko’rilishi kerak.
  • Sizning boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomangiz aniq asoslangan. Agar Sizga davlatdan chiqarib yuborish qarori chiqarilsa, qochoqlar uchun (AT-UND) ishlashga ruxsatnoma berilmaydi.

Qaysi davlat boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqishi to’g’risidagi masala Dublin kelishuvi asosida aniqlanadi (ingliz tilida)

Zudlik bilan ijro etilishi zarur bo’lgan, davlatdan chiqarish to’g’risidagi qaror chiqarilgan shaxslar uchun axborot

Yuqoridagi talablarnin bajarilishi holatida Sizga qochoq guvohnomasi (LMA kartasi) sizda qochoqlar uchun ishlashga ruxsat borligi (AT-UND) belgisi bilan beriladi. Odatiy tartibda bunday qaror siz tomoningizdan doimiy yashash uchun ruxsat olinishi yoki Shvetsiyadan chiqarish paytigacha amalda bo’ladi. Agar siz Sizda qochoqlar uchun ishlashga ruxsatning borligiga amin bo’lmasangiz, qochoqlarni qabul qilish bo’limiga masalalar bo’yicha murojaat qiling.

Qochoqning guvohnomasi (LMA kartasi) to’g’risida qo’shimcha ma’lumot

Qochoqlar uchun ishlashga ruxsatning (AT-UND) bo’lishi holatida siz mavjud bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumot olish uchun yashash joyidagi Bandlik munitsipal xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bandlik xizmati sahifasida bo’sh ish o’rinlari to’g’risida, shuningdek, boshqa ma’lumotlarni topishingiz mumkin (ingliz tilida)external link, opens in new window

Boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish davrida ishga joylashish holatida

Agar siz boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish davrida ishga joylashayotgan bo’lsangiz, siz ish beruvchiga qochoqlar uchun ishga ruxsatnoma to’g’risidagi guvohnomani (AT-UND) taqdim etishingiz shart. Bunday guvohnoma bo’lib qochoqning guvohnomasi, ya’ni LMA kartasi xizmat qiladi, qaysikim uning 7 bandida maxsus tasdiq mavjud.

Ish beruvchi sizning ro’yxatda turish joyingiz bo’yicha qochoqlarni qabul qillish masalalari bo’yicha bo’limni sizning ishga olinganligingiz to’g’risida xabardor qilishi shart. Ish beruvchi, shuningdek, mehnat uchun yollanishining tugash muddati to’g’risida ham xabar berishi shart. Mehnat uchun yollash to’g’risidagi xabarnoma maxsus blankda, 152011-sonli formada rasmiylashtiriladi.

Qochoqning mehnat uchun yollanish arizasi – ish beruvchi uchun, 152011-sonli forma (faqatgina shved tilida)PDF

Agar siz sutkalik nafaqa oladigan bo’lsangiz, siz Migratsiya xizmatini o’z daromadlaringiz tog’risida doimiy ravishda ogohlantirishigiz zarur. Bundan tashqari, siz Soliq xizmatiga (Skatteverket) murojaat qilishingiz va u yerda koordinatsiya qilish raqamini (samordningsnummer) olishingiz zarur. Koordinatsiya qilish raqami oddiy shaxsiy raqam (personnummer) bo’lmagan shaxslar uchun maxsus raqamdir. U siz ishlagan paytda soliqlarni to’lash uchun zarur. Koordinatsiya qilish raqami, shuningdek, sizga, agar siz kasal bo’lsangiz va ishga chiqa olmasangiz, Ijtimoiy sug’urtalash kassasidan (sjukpenning) kasallik varaqasi bo’yicha ta’minotni olish uchun kerak bo’ladi.

Yanada batafsil ma’lumotlar uchun Soliq xizmatiga murojaat qiling (ingliz tilida)external link, opens in new window

Agar 18 yoshdan kichik bo´lsangiz

Agar 16 yosh yoki undan katta bo´lsangiz, Shvetsiyada ishlash uchun sizga qochoqlar uchun ishlashga ruhsat to´g´risidagi guvohnoma (AT-UND) kerak bo´ladi. Bu siz Shvetsiyaga oilangiz bilan yoki yolg´iz qochoq bola sifatida kelgan bo´lishingizdan qattiy nazar amal qiladi.

Agar 16 yoshga to´lmagan bo´lsangiz, sizdan praktika, oddiy ishlar yoki bir martalik ish uchun qochoqlar uchun ishlashga ruhsat to´g´risidagi guvohnoma (AT-UND) talab qilinmaydi. Migratsiya hizmati ishingizga rozilik berishi shart emas, lekin ota-onangiz (yoki qonuniy vasiyingiz bo´lsa) ishlashingiz uchun o´z roziliklarini berishlari lozim bo´ladi.

Faqatgina oylik puli emas balki har qanday to´lov pullari, masalan sovg´a puli Migratsiya hizmatidan moddiy yordam olish huquqingizga ta´sir ko´rsatishini yodingizda tuting.

Agar sizga davlatdan chiqarish to’grisidagi qaror kelsa

Agar davlatdan chiqib ketish borasida muloqotga kirishsangiz, sizning qochoqlar uchun ishlashga ruhsat to´g´risidagi guvohnomangiz (AT-UND) o´z kuchida qoladi. Agar davlatdan chiqib ketish borasida muloqotga kirmasangiz, qochoqlar uchun ishlashga ruhsat to´g´risidagi guvohnomangiz (AT-UND) bekor qilinadi.

Agar arizangiz rad etilgan bo'lsa

Agar boshpana berish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish davrida siz sihlagan bo’lsangiz, boshpana berishga rad javobi berilsa, siz ishlashga ruxsat berish to’g’risidagi ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Boshpana berish rad qilinganda ishga ruxsat berish to’g’risidagi arizaga talablar to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlar (ingliz tilida)

Qochoqlar uchun ishlash va qochoqlar uchun ishlashga ruhsat to´g´risidagi guvohnoma (AT-UND) borasida odatiy savollar va javoblar

Last updated: 22 August 2017

Was the information on this page helpful to you?