Ta’lim

Skola – uzbekiska

Barcha boshpana soʻragan bolalar maktabga qatnash huquqiga egadir. Ammo yoshi kattalar istiqomat qilish ruxsatnomasi olganidan keyingina ta’limni boshlashlari mumkin.

Barcha boshpana soʻragan bolalar va  o‘smirlar maktabga yoki maktabgacha ta’lim maskanlariga qatnash huquqiga egadir. Bolalar yashayotgan hudud hokimligi bu hududdagi boshqa bolalar va oʻrta yoshli shaxslar singari ayni sharoitlarda maktabga borishini ta’minlash ma’suliyatini oladi. Bu maktabgacha ta’lim maskanlari, oʻrta sinflar va yuqori sinflar maktablariga ham taalluqlidir. Yuqori sinflar maktabiga borish uchun boshpana soʻragan oʻrta yoshdagi bolalar 18 yoshga toʻlmasdan oʻqishni boshlashlari kerak.

Kichik yoshli bolalar ham maktabgacha ta’lim maskanlariga borish huquqiga egadir

Bir yoshga toʻlgan bolalar ota onasi ishlayotgan vaqtda maktabgacha ta’lim maskanlariga borishga haqlidir. Yilning kuz faslidan boshlab uch yoshga toʻlgan bolalar, haftasiga 15 soat maktabgacha ta’lim maskanlariga bepul qatnash huquqiga egadir. Maktabgacha ta’lim markazi ota onasi ish yoki oʻqish bilan band boʻlgan vaqtda faqat bolalarga qarash bilan kifoyalanmaydi. Ota onasi ishlamayotgan yoki oʻqimayotgan bolalar ham maktabgacha ta’lim maskanlaridagi mashgʻulotlarda qatnashib rivojlanishi mumkin.

Hudud hokimliklari maktablar uchun javobgardir

Boshpana soʻragan bolalar va oʻsmirlar yashayotgan hudud xokimligi bu bolalalarga shu hududda yashayotgan boshqa bolalalar singari ayni sharoitlarda maktabgacha ta’lim maskanlari va maktablarga borish sharoitini yaratib berish ma’suliyatini olishgandir.

Migratsiya Agentligi boshpana soʻragan yosh bolalar haqidagi ma’lumotni ularning ota onasi ruxsatisiz hudud hokimligiga bermaydi. Migratsiya Agentligiga rozilik bersangiz, u holda Migratsiya Agentligi shahar hokimligiga bolaning ism-sharifi, tugʻilgan sanasi, soʻzlashuv tili, tugʻilgan mamlakati va ish raqami haqida ma’lumot beradi. Siz oʻzingiz ham shahar hokimligi bilan bogʻlanib bolangizni maktab yoki maktabgacha ta’lim maskanida oʻqitishni xohlayotganingizni aytishingiz mumkin.

Shvetsiyadagi maktab va maktabgacha ta’lim maskanlari haqida batafsil ma’lumot oling:

www.informationsverige.se/Engelska/Barn-och-foraldrar/Pages/Skolan-i-Sverige.aspxexternal link, opens in new window

www.omsvenskaskolan.se/engelska/det-haer-aer-den-svenska-skolan/external link, opens in new window

Boshpana soʻragan bolalar haqida batafsil ma’lumotni bolalar sahifasidan oʻqing

Studying Swedish independently

There are many online programmes to help you learn Swedish independently. You can find links to different programmes at www.informationsverige.se. Most programmes require access to the internet. All programmes are free.

You can find all links on the “Learn Swedish” page at www.informationsverige.seexternal link, opens in new window

Last updated: 16 January 2018

Was the information on this page helpful to you?