The Swedish Migration Agency logotype

Turar joy

Boende – uzbekiska

Agar qochoqlik arizangiz bo´yicha qaroringizni kutish davomida yashashga biror joyingiz bo´lmasa, migratsiya hizmati sizga yordam beradi. Bundan tashqari o´zingiz shaxsiy turar joy topishingiz mumkin, masalan, do´stlar yoki qarindoshlar bilan yashash kabi. Agar shaxsiy turar joy topsangiz, u xolda migratsiya hizmatiga ular siz bilan muloqot qila olishi uchun manzilingizni berishni unutmang.

Migrat­siya hizmati turar joyla­rida yashash

Migratsiya hizmati sizga qaroringizni kutish davrida vaqtinchalik yashab turish uchun uy-joy taklif etadi. Agar pulingiz bo´lmasa, migratsiya hizmati turar joyingiz harajatlarini to´laydi.

Turar joy uchun xuquqingiz bekor qili­nadi

Agar sizga chiqib ketish qarori chiqqan bo´lsa va qaror kuchga kirgan bo´lsa, yoki o´z xohishingiz bilan davlatdan chiqib ketish vaqtingiz tugagan bo´lsa, siz turar joyingizdan chiqib ketishingiz lozim bo´ladi. Bu qoida kattalar va qaramog´ida 18 yoshdan kichik bolalari bo´lmaganlar uchun amalda.

Migratsiya hizmati turar joylarida yashash haqida batafsil o´qing

Shaxsiy turar joyda yashash

Agar migratsiya hizmati uylarida yashashni istamasangiz, o´zingiz shaxsiy turar joy topishingiz lozim bo´ladi. Ko´pchilik qochoqlik arizasi yuzasidan qarorini kutish davrida do´stlari yoki qarindoshlari bilan yashashni maqul ko´rishadi. Agar shaxsiy turar joy topmoqchi bo´lsangiz, u xolda turar joyi xarajatlarini ham o´zingiz ko´tarasiz.

Agar siz munisipalitetlar migratsiya hizmatiga ijtimoiy va iqtisodiy muammolari mavjud deb e´lon qilgan tumanlarga ko´chsangiz, yordam puli va ba´zi yordam nafaqalariga bo´lgan xuquqingizni yo´qotasiz.

Shaxsiy turar joyda yashash haqida batafsil o´qing

Last updated: 8 July 2020

Was the information on this page helpful to you?