The Swedish Migration Agency logotype

Shaxsiy turar joy

Eget boende – uzbekiska

Shvetsiyada qochoqlik arizasi bo´yicha qarorini kutish davrida o´ziga shaxsiy turar joy topgan qochoqlik arizasini topshirganlar uchun ma´lumotlar.

Agar migratsiya hizmati uylarida yashashni istamasangiz, o´zingiz shaxsiy turar joy topishingiz lozim bo´ladi. Ko´pchilik qochoqlik arizasi yuzasidan qarorini kutish davrida do´stlari yoki qarindoshlari bilan yashashni maqul ko´rishadi. Agar shaxsiy turar joy topmoqchi bo´lsangiz, u xolda turar joyingiz xarajatlarini ham o´zingiz to´laysiz.

Migratsiya hizmati uylarida yoki shaxsiy turar joylarida yashasangiz ham migratsiya hizmati bilan muloqotda bo´lishi uchun mavjud bo´lishingiz kerak. Qarorni kutish davrida bir manzildan boshqasiga ko´chsangiz, migratsiya hizmatiga yangi manzilingizni xabar qilishni unutmang.

Yangi manzilingizni yozib qoldirish uchun to´ldirish formasi: Adressändring (Manzil o´zgartirish formasi), forma raqami Mot93 (shved tilida)PDF

Ba´zi tumanlar yordam puli olish xuquqingizga ta´sir ko´rsatadi

Ba´zi tumanlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolar mavjud. Agar shunday tumanlarga ko´chsangiz, yordam puli va ba´zi yordam nafaqalari olish xuquqini yo´qotasiz. Agar yashab turgan manzilingizdan boshqa manzilni ko´rsatsangiz ham, masalan pochta quti manzili, yordam puli va ba´zi yordam nafaqalariga bo´lgan xuquqingizni yo´qotasiz.

Bu yerda sizga migratsiya hizmati to´laydigan yordam pulingizga ta´sir qiluvchi tumanlar haqida ma´lumotlarni topishingiz mumkin.

Manzilingizni yozing

Qizil kesishish belgisi = Bu manzilga ko´chsangiz yordam puliga bo´lgan xuquqingizni yo´qotasiz

Yashil tasdiqlov belgisi = Bu manzilga ko´chsangiz, yordam puli olish xuquqingizga ta´sir ko´rsatmaydi

Diqqat qiling, to´g´ri javob olishingiz uchun, manzilni to´g´ri yozing. Pochta quti manzillari to´g´ri kelmaydi.

Bu yerda ijtimoiy va iqtisodiy muammolari mavjud tumanlar bo´yicha xaritalar mavjud (ingliz tilida)

Migrat­siya hizmati uy-joyla­ridan joy olishga doimo xaqqingiz bor

Agar ma´lum sabablar tufayli shaxsiy turar joyingizdan ko´chishingizga to´g´ri kelsa, migratsiya hizmati turar joylariga joy bo´lishi bilan ko´chishingiz mumkin bo´ladi. Siz ro´yhatda turgan migratsiya qabul bo´limiga ko´proq ma´lumot olish uchun murojat qilishingiz mumkin.

Agar yashash uchun ruhsat olsangiz

Agar shaxsiy turar joyda yashasangiz va sizga yashash uchun ruhsat berilsa, bu xolda ham turar joyingizni o´zingiz topishingiz lozim bo´ladi. Ko´p holatlarda yashash uchun ruhsat olganingizdan so´ng, bir oy yordam puli olish xuquqiga ega bo´lishingiz mumkin.

Doimiy yashash uchun ruhsat olgandan so´ng nimalar sodir bo´lishi haqida batafsil o´qing

Agar vaqtinchalik yashash uchun ruhsat olsangiz, keyin nima bo´lishi haqida batafsil o´qing

Last updated: 2020-07-07

Was the information on this page helpful to you?