Shvetsiya Migratsiya Agentligi bilan qoling  

Bo hos Migrationsverket – uzbekiska

Ushbu ma’lumot siz, ya’ni boshpana so’ragan shahs, Migratsiya Agentligi ajratgan boshpanalardan birida qolib arizangiz ko’rilib chiqishini kutayotgan davr davomida foydalanishingiz uchun taqdim etilgan. 

Migraciya Agentligi sizga qaror chiqishini kutayotgan davr mobayniga vaqtinchalik yashash joyi taklif qiladi. Arizangiz rad etilganda va qaror kuchga kirganda, yoki ihtieriy tark etish muddati tugaganda Shvetsiya Migratsiya Agentligining vaqtinchalik yashash joyida yashash huquqingiz bekor qilinadi. Ushbu qoida sizga, yani katta yoshli inson bo’la turib agar 18 yoshga to’lmagan bola bilan birga istiqomad qilmayotgan va uning vasiyi bo’lmagan xolatingizda tegishlidir.  

Agar mablag’ingiz bo’lmasa Migratsiya Agentligi yashash harajatlarini qoplaydi. Lekin agar ish haqi manbayingiz eki o’z mablag’ingiz bo’lsa unda yashash harajatlari va bu harajatlar ichiga kiradigan oziq-ovqat harajatlarini o’zingiz qoplashingiz shart.

Bo’sh o’rinlar bor joydagina istiqomad qilasiz

O’z istagan joyingizda qolishga haqqingiz yo’q va siz bo’sh o’rinlar bor joyga ko’chishga tayyor bo’lishingiz kerak. Qarorni kutish mobaynida yangi arizachilarga joy bo’shatib berish uchun yangi yashash joyiga ko’chib o’tishingiz shart bo’lishi mumkin. 

Bir honani boshqa inson bilan bo’lishishingiz mumkin

Migratsiya Agentligiga tegishli yashash joylari faqatgina boshpana so’raganlar uchun mo’ljallangan. Agar sizga yashash joyi taklif qilingan bo’lsa, bu taklif faqatgina sizga tegishlidir. Yashash joylari odatda boshqa insonlar bilan birgalikda yashaydigan turar joydan tashkil topgan. Oilaga har doim alohida hona ajratiladi. Bo’ydoq insonlar o’z jinsiga tegishli insonlar bilan birgalikda bir honani egallashadi.

Agar sizga tegishli sharoitga ega bo’lgan yashash joyi kerak bo’lsa, sizni qabul qilayotgan markaz bilan suhbatlashishingiz kerak.

Agar biror mahsus ehtiyojlaringiz bo´lsa

Agar biror mahsus ehtiyojingiz bo´lsa, u holda ehtiyojlaringizga mos yashash joyi so´rash huquqiga egasiz. Qabul bo´limingizga yashash sharoitingizda mahsus ehtiyojlaringiz borligi haqida tezroq ayting. Sizning havfsizligingiz va yaxshi sharoitda yashashingiz uchun qo´limizdan kelgancha yechim topishga harakat qilamiz.

Yashash yojingizda boshqalarga hurmat ko´rsating

Migratsiya hizmati uy-joylarida hamma o´zini birday havfsiz his qilishini istaydi. Shuning uchun Migratsiya hizmati uy-joylarida har qanday spirtli ichimliklar va giyohvandlik moddalari taqiqlanadi. Uy-joylarda barcha dinidan, madaniyatidan, jinsiy qarashlari, ayol yoki erkakligidan qat´iy nazar bir-birini hurmat qilishi va hurmat ko´rsatishi juda muhim.

Shvetsiya qonunlari bo´yicha har qanday zo´ravonlik taqiqlanadi va jazolanadi. Bu oila ichida va undan tashqaridagi holatlar uchun ham amalda. Bola tarbiyasida yoki oiladagi biror boshqa insonga nisbatan zo´ravonlik qilish mumkin emas. Har qanday zo´ravonlik politsiya hodimlariga xabar qilinadi.

Agar sizga kimdir tahdid qilsa, zo´ravonlik ko´rsatsa yoki boshqa xaqoratli hatti-harakatlar qilsa, uy-joydagi hodimlar yoki qabul bo´limingizga bu haqida xabar bering. Yoki yashash joyingizda amaldagi biror ko´ngilli tashkilotlar bilan gaplashing. Biror jinoyat haqida xabar bermoqchi bo´lsangiz, 11414 raqamiga qo´ng´iroq qiling. Favqulotda vaziyatlarda esa 112 raqamiga qo´ng´iroq qiling.

Kvinnofridslinjen (ayollarga oilada zo´ravonlik ko´rsatishga qarshi tashkilot) tahdid, jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo´ravonlikka uchragan ayollar uchun maslahatlar beradi va yordam ko´rsatadi. Bu haqida 020-505050 raqamiga qo´ng´iroq qiling. Ular siz uchun bir necha daqiqada tarjimon topishadi. Bundan tashqari kvinnofridslinjen.se sahifasida bu haqida ko´proq ma´lumotlar olishingiz mumkin. Ma´lumotlar turli tillarda mavjud.

Mebel va uskunalar

Uy-joylar sizga kerakli bo´lgan mebel va uskunalar bilan jihozlangan. Kvartiralar, mebellar va uskunalar Migratsiya hizmatiga tegishli, va har qanday zarar ko´rsatishlik politsiyaga xabar qilinadi. Agar uyda biror narsa sinsa yoki ishlamay qolsa, bu haqida Migratsiya hizmati hodimlariga imkon qadar tezroq xabar bering. Ba´zida hodimlar uyda yashab turgan vaqtingizda uyga borib, ta´mir ishlari kerak yoki kerak emasligini ko´rib kelishlari mumkin.

Shaxsiy narsalaringiz

Turar joydagi yerto´la xonalari yoki boshqa joylar yashab turgan uyingizga tegishli emas. Sizga o´zingiz qulflashingiz uchun shkaf beriladi va shaxsiy narsalaringizga o´zingiz javobgarsiz. Migratsiya hizmati xodimlari toki o´sha joyda yashar ekansiz, shkafingizni ochmaydi.

Umumiy joylar

Umumiy joylardan hamma kelishib foydalanishi uchun ba´zi qoidalar mavjud. Turar joyga ko´chganingizdan so´ng, sizga uyingizga tegishli qanday qoidalar mavjudligi haqida ko´proq ma´lumot beriladi.

Barcha uylarda siz:

  • ozodalikka rioya qilasiz
  • uy ichida chekmaysiz
  • mebel va uskunalarni ehtiyot qilasiz
  • uy hayvoni boqmaysiz.

Havfsizlik

Quyidagilarga ahamiyat qiling:

  • elektr razetkalarini o´zingicha tuzatish yoki o´zgartirishga harakat qilish hayot uchun havfli va taqiqlanadi
  • agar biror narsa buzilib qolsa, bu haqida uy-joy hodimlariga habar bering
  • yong´in payti uydan chiqishga xalaqit qilmaslik uchun tashqi eshik yoki chiqish yo´lini to´sib qo´ymang
  • har doim ham parabol antenasini o´rnatishga ruhsat berilmasligi mumkin, doim idora ishchilaridan bu haqida so´rang.

Atrof-muhit haqida o´ylang

Migratsiya hizmati siz bilan birga atrof-muhitni yaxshilashga intiladi. Shuning uchun quyidagilarga ahamiyat bering:

  • suv, elektr va issiqlik iste´molini tejang
  • tashqari sovuq bo´lganda, derazalarni uzoq ochiq qoldirmang (bu holatda elektr va issiqlik ko´p iste´mol qilinadi)
  • axlatlarni saralang. Axlatlar mahsus paketlarga saralanadi. Bu masalada Migratsiya hizmati xodimlari va uy-joy egalari turar joyingizda qanday qoidalar mavjudligi haqida ma´lumot berishadi.

Ko´chsangiz yoki turar joyni almashtirsangiz

Migratsiya hizmati hodimlari sizdan keyingi ko´chib kelayotgan odamlar uchun turar joylarni va mebel hamda uskunalarni, hamma narsa o´z joyida ekanligini va yaxshi holatdaligini tekshirishadi.

Quyidagilarga ahamiyat bering:

  • ko´chayotganingizda uyni tozalab keting.
  • shaxsiy narsalaringizni esdan chiqarmang. Agar turar joydan ko´chsangiz yoki Migratsiya idorasi qabul tizimidan o´chirilsangiz, qoldirgan narsalaringizni qaytarib olishingizga kafolat yo´q. Esingizdan chiqib qoldirgan narsalaringiz tashlab yuborilishi, boshqa odamga berilishi yoki topilma sifatida politsiyaga topshirilishi mumkin.
  • kalitni Migratsiya hodimlariga qaytarib bering.
  • agar uy-joyingizni almashtirsangiz, ko´pincha boshqa uyga poezd yoki avtobusda borasiz. O´zingiz bilan olib ketadigan yuk chegaralangan. Migratsiya hodimlaridan Migratsiya hizmati uylaridan bir-biriga ko´chishda yuk masalasi qanday bo´lishi haqida ko´proq ma´lumot olishingiz mumkin.

Uy-joy huquqi to´xtatiladi

Migratsiya hizmati boshpana so´rab ariza topshirgan paytingiz davomida sizga uy-joy taklif qiladi. Davlatda yashash uchun ruhsat olish yuzasidan sizga qaror chiqarilishi bilan, uy-joy huquqi to´xtatiladi.

Last updated: 12 February 2019

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.