2019-04-16

Qochoqlik so´raganlar uchun to´lovlarini amalga oshirish qiyinlashadi

Svårare för asylsökande att betala sina räkningar – uzbekiska

2019 yil davomida Shvetsiyadagi bir nechta to´lovlarni amalga oshirishda yordam beruvchilar soni kamayadi. Bu qochoqlik so´raganlar uchun o´z to´lovlarini amalga oshirishda qiyinchiliklar tug´ilishiga olib keladi. Agar kasalxonaga murojat qilsangiz, ulardan tashrifingiz uchun to´lovni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida so´rashni unutmang.

Hozirda butun mamlakat bo´ylab 370 ta to´lov bo´yicha yordamchilar amalda. Yil davomida ulardan 200 tasi o´z faoliyatini to´xtatadi, va bulardan qolganlari asosan katta shaxarlarda faoliyat ko´rsatishadi. Bu siz qochoqlik so´rovchi sifatida o´z to´lovlaringizni, masalan kasalxona to´lovlarini yordamchilar orqali to´lab yurgan bo´lsangiz, endi bu imkoniyatingiz kamayadi degani.

Shvetsiyadagi barcha kasalxona va poliklinikalar turli ma´muriy tumanlarga tegishlidir. Ularning qaysi tumanlikka tegishliligi yashab turgan joyingizga bog´liq. Har qanday ma´muriy tumanlik ularning bemorlari o´z to´lovlarini qaysi usulda amalga oshirishlari borasida mustaqil ravishda qaror qabul qilganliklari kabi, sizning o´z to´lovingizni amalga oshirish usulingiz ham yashab turgan joyingizga qarab turlicha bo´lishi mumkin. Ba´zi tumanliklarda tashrif vaqtida karta yoki naqd pul orqali to´lovni amalga oshirishingiz mumkin. Boshqa tumanlarda esa to´lov qog´ozi (faktura) uy manzilingizga yuboriladi. Shuning uchun kasalxona/poliklinikadan to´lovningizni qanday amalga oshirishingiz mumkinligi haqida so´rashni unutmang.

Kasalxona yoki poliklinikaga borishdan oldin ham ular bilan bog´lanib, to´lov usuli haqida so´rashingiz mumkin. Agar kasalxonada to´lov ususli faqat to´lov qog´ozi orqali amalga oshirilsa, ulardan to´lovni kasalxonaga qaytib kelib, o´sha yerning o´zida to´lash imkoniyati borligi haqida so´rang. Migratsiya hizmati sizga to´lovlaringizni amalga oshirishda yordam berolmaydi.