Kimligingiz haqida gapirib bering

Berätta vem du är – uzbekiska

Migratsiya hizmati boshpana olishga sizning haqli yoki haqsiz ekanligingizni baxolashi uchun kimligingiz va qayerdan kelganingizni aniq ko´rsatib berishingiz lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni topshirish yoki ishonchli hamda xaqqoniy ma´lumotlar berish orqali shaxsingizni tasdiqlashningiz mumkin bo´ladi.

Shaxsingizni tasdiqlash va qayerdan kelganligingizni isbotlashning eng yaxshi yo´li bu yurtingiz sizga joriy etgan pasport yoki shaxsiy kartangizni (ID-karta) topshirishingizdir. Pasport yoki shaxsiy kartangiz yurtingizdagi tegishli rasmiy tashkilotlar tomonidan joriy qilingan hamda unda sizning suratingiz bo´lishi lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatda ism-sharifingiz, fuqaroligingiz va tug´ilgan sanangiz bo´lishi lozim. Boshpana so´rab murojat qilganingizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni ham bir vaqtda topshirishingiz lozim.

Agar pasport yoki shaxsiy kartangiz bo´lmasa

Agar boshpana so´rab murojat qilgan paytda shaxsingizni tasdiqlovchi pasport yoki shaxsiy kartangizni topshirmasangiz, u holda sizga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni topib, ularni topshirish vazifasi yuklatiladi. Biz sizga qaysi hujjatlarni va qancha vaqt ichida topshiringiz lozimligi haqida ma´lumot beramiz.

Agar shaxsingiz haqida ma´lumotlar keltirilgan boshqa hujjatlaringiz, masalan, haydovchilik guvohnomasi, tug´ilganlik haqida guvohnoma, fuqarolik haqida ma´lumotnoma yoki harbiy guvohnomangiz bo´lsa, u holda ularni topshirishingiz lozim. Bunday hujjatlar kimligingizni to´liq tasdiqlab bermasada, qolgan hujjatlar hamda o´zingiz va yurtingiz haqida bergan ma´lumotlaringiz bilan birga shaxsingizni aniqlashtirishda yordam beradi.

Agar shaxsingizni aniqlashda o´z yordamingizni ko´rsatsangiz, boshpana so´rash vaqtingizda ishlash huquqiga ega bo´lishingiz ko´rib chiqlishi mumkin. Sizga ishlash uchun ruhsatnoma olishga mustasno holat qo´llaniladi (AT-UND)

Boshpana izlovchi sifatida topshirgan arizangiz vaqtida ishlash haqida

O´z shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni topib, ularni topshirish o´z zimmangizda. Agar hujjatlaringizni topish qiyin bo´lsa, Migratsiya hizmatiga ularni topish uchun harakat qilayotganingizni ko´rsatib berishingiz lozim. Agar kimligingizni tasdiqlab beruvchi hujjatlarni topishga harakat qilayotganingizni ko´rsata olmasangiz, Migratsiya hizmati sizga ajratilgan kundalik nafaqangiz miqdorini kamaytiradi.

Kundalik nafaqa va moliyaviy yordam haqida o´qing

Shaxsingizni tasdiqlab berolmasangiz

Shaxsingizni tasdiqlab berolmasangiz ham Shvetsiyada boshpana olish imkoniyati mavjud. Buning uchun kimligingiz va qayerdan kelganingiz haqida haqqoniy va ishonchli ma´lumotlar bersangiz yetarli.

Agar sizda yurtingiz joriy egan pasport yoki shaxsiy kartangiz bo´lmasa, Shvetsiya fuqarosi bo´lish uchun juda ham uzoq kutishingizga to´g´ri keladi, chunki Shvetsiya fuqaroligiga ariza topshirganingizda, shaxsingizni tasdiqlash uchun katta talab qo´yiladi.

Shvetsiya fuqaroligiga ariza topshirishda o´z shaxsini tasdiqlash talablari haqida o´qing (ingliz tilida)

O´z shaxsi haqida noto´g´ri/soxta ma´lumotlar berish noqonuniy hisoblanadi. Agar o´z shaxsingiz haqida soxta/yolg´on ma´lumotlar berganligingiz tasdiqlansa, u holda Migratsiya hizmati yashash uchun ruhsatingizni qaytarib olishi va sizni Shvetsiyadan chiqarib yuborishi mumkin.

Last updated: 22 February 2017

Was the information on this page helpful to you?