Boshpana soʻraganlar uchun doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasi

Permanent uppehållstillstånd för asylsökande – uzbekiska

Agar sizga doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasi berilgan boʻlsa, siz Shvetsiyada yashayotganlar bilan teng sharoitda yashab, ishlash huquqiga ega boʻlasiz.

Sizning doimiy istiqomat qilish ruxsatnomangiz Shvetsiyada yashash muddati davomida kuchga egadir. Siz yashash ruxsatnomasi kartasini istiqomat qilish ruxsati borligiga isbot sifatida olasiz. Ushbu karta shaxsni tasdiqlovchi yoki sayohat hujjati emas. Mamlakat boʻylab va mamlakatdan tashqarida sayohat qilishingiz mumkin, lekin Shvetsiyadan chiqib ketayotgan vaqtingizda qayta kirish uchun amaldagi pasportingiz va rezident kartangiz boʻlishi kerak. Shu bilan birga, doimiy istiqomat qilish ruxsati haqidagi qaror ham qoʻlingizda boʻlishi kerak. Boshqa davlat tashkilotlari bilan aloqa qilishingiz kerak boʻlganda, bu hujjatlar sizga as qotadi.

Istiqomat qilish ruxsatnomasi muddatini uzaytirish shart emas, lekin rezident kartasi amal qilish muddati besh yildir. Rezident kartasini yangilash uchun Shvetsiya Migratsiya Agentligiga kelib, suratga tushishingiz va barmoq izlaringiz olinishi zarur.

Rezident kartalari haqida batafsil ma’lumot oling

Aholi roʻyxatida roʻyxatdan oʻtish

Doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini olganingizda, Shvetsiya Soliq Agentligi (Skatteverket) qoshidagi aholi roʻyxatida imkon qadar tezroq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Muxojirlar uchun shved tili darslarini olish va Shvetsiya ijtimoiy himoya tizimi imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun aholi roʻyxatida roʻyxatdan oʻtishingiz lozim. Aholi roʻyxatidan oʻtganingizdan keyin siz Shvetsiya shaxsni tasdiqlash hujjatini ham olishingiz mumkin, chunki bu hujjat, misol uchun, sizga bank hisob raqami ochmoqchi boʻlganingizda kerak boʻladi.

Aholi roʻyxatidan oʻtish uchun siz Shvetsiya Soliq Agentligiga borishingiz kerak va Agentlik sizning manzilingiz, oilaviy ahvolingiz (turmush qurganmisiz yoki yoʻq), qaysi davlat fuqarosi ekanligingiz va tugʻilgan joyingiz haqidagi ma’lumotni qayd qiladi. Shvetsiya Soliq Agentligiga borganingizda oʻzingiz bilan rezident kartangiz va amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib borishingiz kerak. Agar Shvetsiya Migratsiya Agentligi shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olib qolgan boʻlsa, undan nusxa soʻrashingiz mumkin. Asliga toʻgʻriligini tasdiqlash maqsadida nusxa uni bergan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. U shaxs oʻzining ismini katta harflarda telefon raqami bilan birga yozib berishi kerak.

Aholini roʻyxatga olishga oid Shvetsiya Soliq Agentligi ma’lumoti (ingliz tilida)external link, opens in new window

Mehnat faoliyati joriy tadbirlari

Yaqinda Shvetsiyada yashash uchun ruhsat olgan va shu yerda ishlashga haqli bo´lgan inson sifatida sizga mehnat bozoriga tezroq chiqib ketishingizda ko´mak beruvchi turli joriy tadbirlar taklif etiladi. Joriy tadbirlar turli ko´mak beruvchi faoliyatlar bo´lib, shular orasida sizga shvet tili o´rgatish, mehnat bozoriga chiqishingiz va o´zingizni ta´minlashingizda yordam beruvchi tadbirlar mavjud. Shvetsiyada joriy tadbirlar va ish qidiruvchilar bilan Arbetsförmedlingen (Mehnat inspeksiyasi) shug´ullanadi. Mehnat inspeksiyasining internet sahifasida ko´proq ma´lumotlarni topishingiz mumkin. Ma´lumotlar turli tillarda mavjud.

Mehnat inspeksiyasining web-sahifasidagi joriy tadbirlar haqida ma´lumotlar (ingliz tilida)external link, opens in new window

Arbetsformedling (Ish ta’minoti bo’yicha yordamchi tashkilot) sizga 65 yoshga to’lguningizcha, yani Shvetsiyada nafaqa yoshigacha sizga ish topishda yordam berishi mumkin. Shvetsiyaga yoshi ancha katta bo’lib kelganlar ko’pincha juda kam nafaqa yoki umuman nafaqa olmasliklari mumkin. Agar siz nafaqa olmasangiz, u holda Pensionsmyndigheten (Nafaqa qo’mitasi) ga murojat qilishingiz va qarilik moddiy yordami olish uchun ariza yozishingiz mumkin.

Pensionsmyndighet (Nafaqa qo’mitasi) sahifasida qarilik moddiy yordami haqida o’qishingiz mumkin (shved tilida)external link, opens in new window

Oila birlashishi

Agarda sizga doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasi berilgan boʻlsa, sizning oila a’zolarnigiz ham siz bilan Shvetsiyada birlashishi uchun istiqomat qilish ruxstanomasiga ariza topshirishlari mumkin.

U holda siz moddiy ta’minot talabini qondirishingizga toʻgʻri keladi. Buning ma’nosi siz oʻzingizni va oila a’zolaringizni moddiy tomonlama ta’minlash imkoniyatiga ega boʻlishingiz kerak. Oilangiz Shvetsiyaga birga yashash uchun koʻchib kelganida, yetarli kattalikdagi va sharoitga ega boʻlgan uy-joyingiz boʻlishi shart.

Oila birlashishi va moddiy ta’minot talabi haqida batafsil ma’lumot oling

Istiqomat qilish ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin

Sizning doimiy istiqomat qilish ruxsatnomangiz Shvetsiyani tark etsangiz bekor qilinishi mumkin. Agar siz Shvetsiya Migratsiya Agentligini doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini saqlab qolmoqchi ekanligingiz haqida xabardor qilsangiz, chet elda yurgan vaqtingizda ham, sizning ruxsatnomangiz ikki yil davomida oʻz kuchiga ega boʻladi.

Agar ikki yildan soʻng Shvetsiyaga qaytmasangiz, Migratsiya Agentligi sizning istiqomat qilish ruxsatnomangizni bekor qiladi. Agar istiqomat qilish ruxsatnomasiga ariza bergan vaqtingizda yolgʻon ma’lumot bergan yoki arizangizni koʻrib chiqish vaqtida ta’siri boʻlishi mumkin boʻlgan muhim ma’lumotni bila turib yashirgan boʻlsangiz, istiqomat qilish ruxsatnomangiz bekor qilinishi mumkin.

Agar jinoyat sodir etsangiz, sud sizni deportatsiya qilish uchun qaror chiqarishi mumkin. U holda Migratsiya Agentligi istiqomat qilish ruxsatnomasini bekor qiladi. Sizning istiqomat qilish ruxsatnomangiz bir necha yil oldin berilganligiga qaramasdan bekor qilinishi mumkin.

Doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini saqlab qolish xabarnomasi

Uzoq muddat boshqa mamlakatda qolib doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini saqlab qolish uchun Anmälan om att få behålla permanent uppehållstillstånd (doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini saqlab qolish xabarnomasi), 186011 raqamli formani toʻldirishingiz kerak. Formani migrationsverket@migrationsverket.se yoki

Migrationsverket
601 70 Norrköping

manzilga yuboring. Xabarnomangiz Shvetsiyadan chiqib ketishingizdan bir hafta oldin Shvetsiya Migratsiya Agentligiga yetib kelishi kerak. Agar sayohatingiz bekor qilingan boʻlsa, bu haqda Shvetsiya Migratsiya Agentligiga ketishingiz kerak boʻlgan kundan kechiktirmasdan xabar berishingiz shart.

Doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini saqlab qolish xabarnomasi,186011 raqamli forma (shved tilida)PDF

Doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasini saqlab qolish xabarnomasi,187011 raqamli forma (ingliz tilida)PDF

Istiqomat qilish ruxsatnomasi bilan endigina Shvetsiyaga kelganlar uchun ma’lumot

Yangi muhojirlar eshittiruvi (UR-Shvetsiya ta´lim radiosi)external link, opens in new window bir qator dasturlar bo´lib, Shvetsiyadagi huquq hamda majburiyatlar haqida ma´lumot beradi.

Iste´molchilar idorasining axborot hizmatidanexternal link, opens in new window biror xarid yoki shartnoma borasida muhim ma´lumotlar olishingiz mumkin.

Ba’zi hududiy hokimliklar qoshida munitsipal uy-joy ijarasi agentliklari mavjud, u yerdan siz uy-joy izlashingiz mumkin. Hudud hokimligi sizga shaxsiy uy egalari haqida maslahat berishi mumkin.

Agar siz 18 yoshga toʻlgan yoki undan katta boʻlsangiz, yashash joyingizni jihozlashingiz uchun qarz olishingiz mumkin. www.csn.seexternal link, opens in new window

Siz yashayotgan hudud hokimligi sizga bogʻcha va maktab xizmatlarini taklif qiladi.

Muxojirlar uchun shved tili kurslari boʻyicha yashab turgan hududingiz hokimligiga murojaat qilishingiz kerak. Ushbu internet sahifasini ham koʻrib chiqing Sveriges kommuner och landsting.external link, opens in new window

Agar ish qidirayotgan boʻlsangiz, bu yerda roʻyxatdan oʻting Arbetsförmedlingenexternal link, opens in new window.

Meditsina hizmatlari uchun Mahalliy hokimiyat kengashiga (Landstinget) yoki yashayotgan rayoningizga murojat qiling. Butun mamlakat bo´yicha meditsina hizmatlarini qidirishda 1177 Sog´liqni saqlash bo´yicha yo´llanma.external link, opens in new window

Kollej yoki universitetda ta’lim olish haqidagi ma’lumotlarni bu yerdan oling Antagning.seexternal link, opens in new window yoki studera.nuexternal link, opens in new window.

Ta’lim kreditlariga oid savollari boʻyicha bu yerga kiring CSN, Centrala studiestödsnämnden.external link, opens in new window

Haydovchilik guvohnomasi boʻyicha ma’lumot uchun bu yerga kiring Swedish Transport Agencyexternal link, opens in new window.

Saylovda qatnashish huquqlari boʻyicha ma’lumot uchun bu yerga kiring Valmyndighetenexternal link, opens in new window.

Shvetsiya Milliy Ta’lim Agentligidan (Skolverket) maktablar haqida ma’lumot olish uchun bu yerga kiring Skolverket nyanländaexternal link, opens in new window.

Shvetsiya jamiyati haqida turli tillardagi ma’lumotni olish uchun bu yerga kiring Information om Sverigeexternal link, opens in new window.

Shvetsiya jamiyati bo´yicha ko´proq ma´lumotlarni Svetsiya instituti web-sahifasidan o´qishingiz mumkin.external link, opens in new window

www.informationsverige.se/Engelska/lara-svenska/Pages/Lara-svenska.aspxexternal link, opens in new window sahifasida o´zingiz shved tilini o´rganishingiz uchun turi dasturlar uchun internet linklarini topishingiz mumkin.

Бошпана сўраганлар учун доимий истиқомат қилиш рухсатномаси

Агар сизга доимий истиқомат қилиш рухсатномаси берилган бўлса, сиз Швецияда яшаётганлар билан тенг шароитда яшаб, ишлаш ҳуқуқига эга бўласиз.

Сизнинг доимий истиқомат қилиш рухсатномангиз Швецияда яшаш муддати давомида кучга эгадир. Сиз яшаш рухсатномаси картасини истиқомат қилиш рухсати борлигига исбот сифатида оласиз. Ушбу карта шахсни тасдиқловчи ёки саёҳат ҳужжати эмас. Мамлакат бўйлаб ва мамлакатдан ташқарида саёҳат қилишингиз мумкин, лекин Швециядан чиқиб кетаётган вақтингизда қайта кириш учун амалдаги паспортингиз ва резидент картангиз бўлиши керак. Шу билан бирга, доимий истиқомат қилиш рухсати ҳақидаги қарор ҳам қўлингизда бўлиши керак. Бошқа давлат ташкилотлари билан алоқа қилишингиз керак бўлганда, бу ҳужжатлар сизга ас қотади.

Истиқомат қилиш рухсатномаси муддатини узайтириш шарт эмас, лекин резидент картаси амал қилиш муддати беш йилдир. Резидент картасини янгилаш учун Швеция Миграция Агентлигига келиб, суратга тушишингиз ва бармоқ изларингиз олиниши зарур.

Резидент карталари ҳақида батафсил маълумот олинг

Аҳоли рўйхатида рўйхатдан ўтиш

Доимий истиқомат қилиш рухсатномасини олганингизда, Швеция Солиқ Агентлиги (Skatteverket) қошидаги аҳоли рўйхатида имкон қадар тезроқ рўйхатдан ўтишингиз керак. Мухожирлар учун швед тили дарсларини олиш ва Швеция ижтимоий ҳимоя тизими имтиёзларидан фойдаланиш ҳуқуқига эга бўлиш учун аҳоли рўйхатида рўйхатдан ўтишингиз лозим. Аҳоли рўйхатидан ўтганингиздан кейин сиз Швеция шахсни тасдиқлаш ҳужжатини ҳам олишингиз мумкин, чунки бу ҳужжат, мисол учун, сизга банк ҳисоб рақами очмоқчи бўлганингизда керак бўлади.

Аҳоли рўйхатидан ўтиш учун сиз Швеция Солиқ Агентлигига боришингиз керак ва Агентлик сизнинг манзилингиз, оилавий аҳволингиз (турмуш қурганмисиз ёки йўқ), қайси давлат фуқароси эканлигингиз ва туғилган жойингиз ҳақидаги маълумотни қайд қилади. Швеция Солиқ Агентлигига борганингизда ўзингиз билан резидент картангиз ва амалдаги шахсни тасдиқловчи ҳужжатни олиб боришингиз керак. Агар Швеция Миграция Агентлиги шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатни олиб қолган бўлса, ундан нусха сўрашингиз мумкин. Аслига тўғрилигини тасдиқлаш мақсадида нусха уни берган шахс томонидан имзоланган бўлиши керак. У шахс ўзининг исмини катта ҳарфларда телефон рақами билан бирга ёзиб бериши керак.

Аҳолини рўйхатга олишга оид Швеция Солиқ Агентлиги маълумоти (инглиз тилида)external link, opens in new window

Оила бирлашиши

Агарда сизга доимий истиқомат қилиш рухсатномаси берилган бўлса, сизнинг оила аъзоларнигиз ҳам сиз билан Швецияда бирлашиши учун истиқомат қилиш рухстаномасига ариза топширишлари мумкин.

У ҳолда сиз моддий таъминот талабини қондиришингизга тўғри келади. Бунинг маъноси сиз ўзингизни ва оила аъзоларингизни моддий томонлама таъминлаш имкониятига эга бўлишингиз керак. Оилангиз Швецияга бирга яшаш учун кўчиб келганида, етарли катталикдаги ва шароитга эга бўлган уй-жойингиз бўлиши шарт.

Оила бирлашиши ва моддий таъминот талаби ҳақида батафсил маълумот олинг

Истиқомат қилиш рухсатномаси бекор қилиниши мумкин

Сизнинг доимий истиқомат қилиш рухсатномангиз Швецияни тарк этсангиз бекор қилиниши мумкин. Агар сиз Швеция Миграция Агентлигини доимий истиқомат қилиш рухсатномасини сақлаб қолмоқчи эканлигингиз ҳақида хабардор қилсангиз, чет элда юрган вақтингизда ҳам, сизнинг рухсатномангиз икки йил давомида ўз кучига эга бўлади.

Агар икки йилдан сўнг Швецияга қайтмасангиз, Миграция Агентлиги сизнинг истиқомат қилиш рухсатномангизни бекор қилади. Агар истиқомат қилиш рухсатномасига ариза берган вақтингизда ёлғон маълумот берган ёки аризангизни кўриб чиқиш вақтида таъсири бўлиши мумкин бўлган муҳим маълумотни била туриб яширган бўлсангиз, истиқомат қилиш рухсатномангиз бекор қилиниши мумкин. Агар жиноят содир этсангиз, суд сизни депортация қилиш учун қарор чиқариши мумкин. У ҳолда Миграция Агентлиги истиқомат қилиш рухсатномасини бекор қилади. Сизнинг истиқомат қилиш рухсатномангиз бир неча йил олдин берилганлигига қарамасдан бекор қилиниши мумкин.

Доимий истиқомат қилиш рухсатномасини сақлаб қолиш хабарномаси

Узоқ муддат бошқа мамлакатда қолиб доимий истиқомат қилиш рухсатномасини сақлаб қолиш учун Anmälan om att få behålla permanent uppehållstillstånd (доимий истиқомат қилиш рухсатномасини сақлаб қолиш хабарномаси), 186011 рақамли формани тўлдиришингиз керак. Формани migrationsverket@migrationsverket.se ёки

Migrationsverket
601 70 Norrköping

манзилга юборинг. Хабарномангиз Швециядан чиқиб кетишингиздан бир ҳафта олдин Швеция Миграция Агентлигига етиб келиши керак. Агар саёҳатингиз бекор қилинган бўлса, бу ҳақда Швеция Миграция Агентлигига кетишингиз керак бўлган кундан кечиктирмасдан хабар беришингиз шарт.

доимий истиқомат қилиш рухсатномасини сақлаб қолиш хабарномаси,186011 рақамли форма (shved tilida)PDF

доимий истиқомат қилиш рухсатномасини сақлаб қолиш хабарномаси,187011 рақамли форма (ingliz tilida)PDF

Истиқомат қилиш рухсатномаси билан эндигина Швецияга келганлар учун маълумот

Янги муҳожирлар эшиттируви (UR-Швеция таълим радиоси)external link, opens in new window бир қатор дастурлар бўлиб, Швециядаги ҳуқуқ ва мажбуриятлар ҳакида маълумотлар беради.

Истеъмолчилар идорасининг ахборот ҳизматиданexternal link, opens in new window бирор ҳарид ёки шартнома борасида муҳим маълумотлар олишингиз мумкин.

Баъзи ҳудудий ҳокимликлар қошида муниципал уй-жой ижараси агентликлари мавжуд, у ердан сиз уй-жой излашингиз мумкин. Ҳудуд ҳокимлиги сизга шахсий уй эгалари ҳақида маслаҳат бериши мумкин.

Агар сиз 18 ёшга тўлган ёки ундан катта бўлсангиз, яшаш жойингизни жиҳозлашингиз учун қарз олишингиз мумкин. www.csn.seexternal link, opens in new window

Сиз яшаётган ҳудуд ҳокимлиги сизга боғча ва мактаб хизматларини таклиф қилади.

Мухожирлар учун швед тили курслари бўйича яшаб турган ҳудудингиз ҳокимлигига мурожаат қилишингиз керак. Ушбу интернет саҳифасини ҳам кўриб чиқинг Sveriges kommuner och landsting.external link, opens in new window

Агар иш қидираётган бўлсангиз, бу ерда рўйхатдан ўтинг Arbetsförmedlingenexternal link, opens in new window.

Медицина ҳизматлари учун Маҳаллий ҳокимият кенгашига ёки яшаётган районингизга мурожат қилинг. Бутун мамлакат бўйича медицина ҳизматларини қидиришда 1177 Соғлиқни сақлаш бўйича йўлланма.external link, opens in new window

Колледж ёки университетда таълим олиш ҳақидаги маълумотларни бу ердан олинг Antagning.seexternal link, opens in new window ёки studera.nuexternal link, opens in new window.

Таълим кредитларига оид саволлари бўйича бу ерга киринг CSN, Centrala studiestödsnämnden.external link, opens in new window

Ҳайдовчилик гувоҳномаси бўйича маълумот учун бу ерга киринг Swedish Transport Agencyexternal link, opens in new window.

Сайловда қатнашиш ҳуқуқлари бўйича маълумот учун бу ерга киринг Valmyndighetenexternal link, opens in new window.

Швеция Миллий Таълим Агентлигидан (Skolverket) мактаблар ҳақида маълумот олиш учун бу ерга киринг Skolverket nyanländaexternal link, opens in new window.

Швеция жамияти ҳақида турли тиллардаги маълумотни олиш учун бу ерга киринг Information om Sverigeexternal link, opens in new window.

Швеция жамияти бўйича кўпроқ маълумотларни Швеция институти веб-саҳифасидан ўқишингиз мумкин.external link, opens in new window

www.informationsverige.se/Engelska/lara-svenska/Pages/Lara-svenska.aspxexternal link, opens in new window учун турли дастурлар учун интернет линкларини топишингиз мумкин.

Last updated: 31 October 2019

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.