Oila bilan qayta qo´shilish

Familjeåterförening – uzbekiska

Agar doimiy yashashga ruhsatingiz bo´lsa, yoki qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj sifatida vaqtinchalik yashashga ruhsat olgan bo´lsangiz va bir vaqtning o´zida doimiy yashashga ruhsat olish uchun yaxshi imkoniyatingiz bo´lsa, oilangiz bilan qo´shilish huquqiga ega bo´lishingiz mumkin.

Oilangizni boqa olishingiz va ma´lum talablarga javob beradigan uy- joyingiz bo´lishi lozim. Bunday talab barcha vaziyatlarda ham qo´llanilmaydi.

Kimga oilasini olib kelish huquqi beriladi?

Oilangizning Shvetsiyaga ko´chib kelib, siz bilan yashashlari uchun ariza topshirish imkoniyati quyidagi holatlarda mumkin

  • agar doimiy yashash uchun ruhsatingiz bo´lsa
  • qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj sifatida vaqtinchalik yashashga ruhsatingiz bo´lsa va bir vaqtning o´zida doimiy yashashga ruhsat olish uchun yaxshi imkoniyatingiz bo´lsa.

Vaqtinchalik yashashga ruhsatingiz bo´lsa va qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj bo´lsangiz, oila azolaringiz bilan qo´shilish haqida

Qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj sifatida vaqtinchalik yashashga ruhsat olgan bo´lsangiz, oilangizning kelib, siz bilan Shvetsiyada yashash imkoniyati turli narsalarga bog´liq. Birinchidan yashashga ruhsatingiz amalda bo´lishi kerak. Yani, sizning yashashga ruhsatingiz tugagan bo´lsa, va siz uni cho´zdirish uchun ariza topshirgan bo´lsangiz, bunda migratsiya hizmati avval sizning Shvetsiyada yashashga ruhsatingizni cho´zishi haqida qaror chiqarishi lozim. Sizda himoya statusi borligi yoki oldin yashash uchun ruhsatingiz bo´lganligi yetarli emas.

Migratsiya hizmati yashashga ruhsatingiz amaldaligini tekshirgandan so´ng, oilangizning yashash uchun ruhsat olishga topshirgan arizasini ko´rib chiqamiz. Migratsiya hizmati yashashga ruhsatingizni uzaytirish uchun topshirgan arizangizdan so´ng, sizda doimiy yashashga ruhsat olishga imkoniyatingiz borligini ko´rib chiqadi. Qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj sifatida sizga himoya statusi berilgan va bu siz himoyaga muhtoj ekanligingizni bildiradi. Himoya statusi sizda doimiy yashash uchun ruhsat olishga imkoniyatingiz borligini ko´rsatadi. Agar siz himoya statusingizni saqlab qololmasligingiz haqida ma´lumotlar keladiga bo´lsa, u holda sizga dolimiy yashashga ruhsat berilmasligi mumkin. Migratsiya hizmati sizda doimiy yashashga ruhsat olish imkoniyati borligini tasdiqlagandan so´ngina, sizning oilangiz arizalari ko´rib chiqiladi, va bundan tashaqari Shvetsiyaga ko´chib kelish uchun qo´yilgan boshqa talablarga javob bera olishingiz ham tekshiriladi.

Vaqtinchalik yashashga ruhsatingiz bo´lsa, faqat eng yaqin oila azolaringiz ko´chib kelishi mumkin

Oila deb turmush o´rtog´ingiz, ayolingiz, ro´yhatdan o´tgan partnyoringiz yoki birga yashovchingiz (sambo) va 18 yoshgacha farzandlaringiz hisoblanadi. Boshqa qarindoshlar yoki 18 ga to´lgan bolalaringiz agar ruhsatingiz vaqtinchalik bo´lsa, Shvetsiyaga ko´chib kelolmaydi. Agar siz 18 yoshdan kichik bo´lsangiz, sizning eng yaqin oila azolaringizga ota-onangiz kiradi. Ba´zi bir mustasno holatlardagina, boshqa qarindoshlarga yashashga ruhsat olish imkoniyati berilgan, masalan 18 yoshdan oshgan bolalar uchun. Qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj sifatida vaqtinchalik yashashga ruhsat olganlar uchun bu qoyidalar amalda.

Agar doimiy yashashga ruhsatingiz bo´lsa va siz turmush qurmoqchi/uylanmoqchi yoki birga yashamoqchi (sambo sifatida) bo´lgan inson ham sizning yoningizga ko´chib kelish uchun ariza topshirishi mumkin. Hatto yaqin oila azolaringizdan boshqalar ham Shvetsiyaga ko´chib kelishi mumkin.

Oilangizga sizning ruhsatingiz muddatiga qarab ruhsat beriladi. Yani, agar sizning yashashga ruhsatingiz besh oydan so´ng tugasa, oila azolaringizga ham faqat besh oyga ruhsat beriladi.

Moliyaviy ta´minlash bo´yicha talab

Agar oilangiz bilan qayta qo´shilishga haqli bo´lsangiz, moliyaviy ta´minlash bo´yicha talabga javob berishingiz lozim bo´ladi. Ya´ni siz o´zingiz va oilangizni moliyaviy ta´minlay olishingz kerak. Bundan tashqari, oilangiz Shvetsiyaga ko´chib kelganda yashashi uchun kerakli va yetarli kattalikda boshpanangiz bo´lishi lozim.

Moliyaviy ta´minlash imkoniyatingiz

O´zingiz va ko´chib kelish uchun ariza topshirgan oilangizni ta´minlashingiz uchun ishga bog´liq doimiy daromadingiz borligini ko´rsatib berishingiz lozim. Ishga bog´liq daromad deganda quyidagilar tushiniladi, masalan

  • oylik ish xaqi
  • ishsizlik uchun nafaqa
  • kasallik nafaqasi
  • daromatga asoslangan qarilik nafaqasi.

Agar o´zingiz va yashashga ruhsat olish uchun ariza topshirgan oila azolaringizni boqa olish uchun yetarli pulingiz bo´lsa, bu talabga javob bergan hisoblanasiz.

Daromadingiz

Moliyaviy ta´minlash bo´yicha qo´yilgan talabga javob berishingiz oilangizning kattaligi va chiqimlaringizning miqdoriga bog´liq. Daromadingiz uy-joy uchun to´lanadigan to´lovdan tashqari belgilangan normadagi miqdorda bo´lishi kerak. Ya´ni uy uchun to´lovdan tashqari qoladigan daromadingiz ovqat, kiyim-kechak, gigiyena, telefon, uy ho´jaligida chiroq (elektr) uchun to´lov, sug´urtalar va vaqtinchalik mayda chiqimlar uchun yetarli bo´lishi lozim.

2019 yil uchun normadagi daromad miqdori:

  • 4 923 kron yolg´iz bo´lgan balog´atga yetgan shaxs uchun
  • 8 133 kron birga yashovchi er-xotin yoki sambo uchun
  • 2 612 kron 6 yoshgacha bola uchun
  • 3 007 kron 7 yoshadan katta bola uchun

Uy-joyingiz (boshpana)

O´zingiz va oilangiz uchun yetarli darajada katta va qulay uyingiz bo´lishi lozim. Bolasiz er-xotin uchun oshxonasi yoki kichik ovqat qiladigan burchagi bor bir xona uy yetarli hisoblanadi. Agar bola(lar) ham bo´lsa, u holda bir nechta xonali uy bo´lishi kerak. Ikkita bola bitta yotoqxonada yotsa bo´ladi.

Uy-joyni ikkinchi qo´l sifatida ijaraga olish mumkin, buning uchun uy egasi, uy qo´mitasi yoki ijara tashkilotining roziligi bo´lishi lozim.

Boshpanangizdan oilangiz Shvetsiyaga ko´chib keladigan kundan boshlab foydalanishingiz kerak.

Oilani boqa olish talabidan mustasno holatlar

Oilani boqish va uy-joy talabi quyidagi holatlarda amal qilmaydi, agar

  • 18 yoshdan kichik bo´lsangiz
  • qochoq yoki alternativ himoyaga muhtoj bo´lsangiz va oila azolaringiz siz yashashga ruhsat olgan yoki himoya statusi olgan kundan uch oy ichida ariza topshirgan bo´lsa, yoki
  • oila azolaringiz 19 oktyabr 2019 yildan oldin yashashga ruhsat olish uchun ariza topshirgan bo´lsa, va siz alternativ himoyaga muhtoj sifatida vaqtinchalik yashash huquqini olgan bo´lsangiz. Siz yashashga ruhsat olish uchun arizani 24 noyabr 2015 yildan keyin topshirgan bo´lsangiz.
  • o´z ruhsatini cho´zdirishga topshirgan oila azongiz bo´lsa.

Boqa olish va uy-joy talabidan mustasno holatlar faqatgina agar oilangizning bilan evropa ittifoqidan tashaqaridagi boshqa davlatda, yani oilangizni biror bog´liqligi bor bo´lgan davlatda qo´shila olish imkoniyati bo´lmagan holatdagina amal qiladi. Siz va oila azolaringiz chetda uzoq vaqt davomida birga yashagan va o´rtangizda kuchli oila rishtalari mavjud bo´lishi lozim.

Oila munosabatlarii va ta´minlash talabi bo´yicha savolnoma

Shvetsiya ko´chib kelish uchun oilangiz ariza topshirganidan so´ng, sizga oilangizga nisbatan munosabatlaringiz borasida savollarga javob berish uchun savolnoma yuboriladi. Agar ta´minlash talabiga javob berishingiz lozim bo´lsa, u holda o´zingiz va oilangizni qanday moliyaviy ta´minlashingiz, undan tashqari ular bilan birga yashash uchun uy-joyingiz borligini ko´rsatib berishingiz lozim bo´ladi. Migratsiya hizmati oilangiz arizasini ko´rib chiqishida sizning javoblaringiz juda muhim bo´lib, sizga belgilangan vaqt ichida savolnomani to´ldirib, topshirishingiz kerak.

Agar ta´minlash va uy-joy talabiga javob bermasangiz, oilangiz yashash uchun ruhsat olishga topshirgan arizasiga rad javobi beriladi.

Agar doimiy ishga va uzoq muddatli boshpana bo´yicha shartnomangiz bo´lmasa, oilangiz arizasini ko´rib chiqishda ta´minlash talabiga javob berishingizni qaytadan ko´rsatib berishingiz kerak.

Arizani vaqtida topshirish muhim

Agar yashash uchun ruhsat olganingizdan uch oy ichida oilangiz yashash uchun ruhsat olishga ariza topshirsa, ta´minlash uchun talab qo´yilmaydi. Shuning uchun arizani o´z vaqtida topshirish juda muhim.

Oilangizning arizasi vaqtida kelishini ta´minlashning eng yaxshi usuli bu siz oilangiz uchun web-sahifa orqali ya´ni internet orqali ariza topshirishingizdir. Agar oilangiz uchun ariza topshirmoqchi bo´lsangiz, u holda sizga ishonchnoma kerak bo´ladi. Migratsiya hizmati oilangizning arizasini ro´yhatdan o´tkazganidan so´ng, oilangiz Shvetsiyaning elchixonasi yoki bosh konsulligiga vaqt belgilashi lozim bo´ladi.

Oilangizga yashashga ruhsat olishda internet arizasi uchun shu yerga bosing

Oilangizga yashashga ruhsat olishda ariza topshirish haqida ko´proq o´qing

Ishonchnoma nima degani?

Ishonchnoma imzo qo´yilgan xat bo´lib, unda ruhsat olish uchun ariza topshirmoqchi bo´lgan shaxs boshqa shaxsga uning nomidan ish ko´rishiga ruhsat beradi. Ishonchnoma, masalan ariza topshirishga, qaror sabablarini ko´rib chiqishga yoki qarorga norozilik arizasi yozishga ruhsat berishi mumkin. Ishonchnoma o´z huquqlarini boshqaga bermoqchi bo´lgan shaxs tomonidan yozilishi va Migratsiya hizmati talab qilganda uning haqiqiy nushasini ko´rsatib berishi lozim.

Boshqa shaxsga ishonchnoma beruvchilar Migratsiya hizmatiga quyidagi ma´lumotlarni o´z ichiga olgan xat yuborishi lozim

  • bu ishinchnoma bo´lishi
  • boshqaga ishonchnoma berayotgan shaxsning ism-sharifi, tug´ilgan sanasi va manzili bo´lishi
  • ishonchnoma berilgan shaxs qanday huquqlarga egaligi
  • ishonchnoma olgan shaxsning ism-sharifi, shaxsiy raqami va manzili bo´lishi
  • boshqaga ishonchnoma beruvchi shaxsning imzosi
  • Ishonchnomaning imzolangan sanasi va joyi.

Arizangizni tekshiring

Oilangiz ariza topshirgandan so´ng, ularga ish raqami beriladi. Shu raqam orqali Migratsiya hizmati arizani ro´yhatdan o´tkazganligi yoki biror qaror chiqarganligini tekshirish mumkin.

Arizani tekshiring

Оила билан қайта қўшилиш

Агар доимий яшашга руҳсатингиз бўлса, ёки қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож сифатида вақтинчалик яшашга руҳсат олган бўлсангиз ва бир вақтнинг ўзида доимий яшашга руҳсат олиш учун яхши имкониятингиз бўлса, оилангиз билан қўшилиш ҳуқуқига эга бўлишингиз мумкин.

Оилангизни боқа олишингиз ва маълум талабларга жавоб берадиган уй-жойингиз бўлиши лозим. Бундай талаб барча вазиятларда ҳам қўлланилмайди.

Кимга оиласини олиб келиш ҳуқуқи берилади?

Оилангиз Швецияга кўчиб келиб, сиз билан яшашлари учун ариза топшириш имконияти қуйидаги ҳолатларда мумкин:

  • агар доимий яшаш учун руҳсатингиз бўлса
  • қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож сифатида вақтинчалик яшашга руҳсатингиз бўлса ва бир вақтнинг ўзида доимий яшашга руҳсат олиш учун яхши имкониятингиз бўлса.

Вақтинчалик яшашга руҳсатингиз бўлса ва қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож бўлсангиз, оила аъзоларингиз билан қўшилиш ҳакида

Қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож сифатида вақтинчалик яшашга руҳсат олган бўлсангиз, оилангиз келиб, сиз билан Швецияда яшаш имконияти турли нарсаларга боғлиқ. Биринчидан яшашга руҳсатингиз амалда бўлиши керак. Яъни, сизнинг яшашга руҳсатингиз тугаган бўлса, ва сиз уни чўздириш учун ариза топширган бўлсангиз, бунда миграция ҳизмати аввал сизнинг Швецияда яшашга руҳсатингизни чўзиши ҳакида қарор чиқариши лозим. Сизда ҳимоя статуси борлиги ёки олдин яшаш учун руҳсатингиз бўлганлиги етарли эмас.

Миграция ҳизмати яшашга руҳсатингиз амалдалигини текширгандан сўнг, оилангиз яшаш учун руҳсат олишга топширган аризасини кўриб чиқамиз. Миграция ҳизмати яшашга руҳсатингизни узайтириш учун топширган аризангиздан сўнг, сизда доимий яшашга руҳсат олишга имкониятингиз борлигини кўриб чиқади. Қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож сифатида сизга ҳимоя статуси берилган ва бу сиз ҳимояга муҳтож эканлигингизни билдиради. Химоя статуси сизда доимий яшаш учун руҳсат олишга имкониятингиз борлигини кўрсатади. Агар сиз ҳимоя статусингизни сақлаб қололмаслигингиз ҳакида малумотлар келадиган бўлса, у холда сизга доимий яшашга руҳсат берилмаслиги мумкин. Миграция ҳизмати сизда доимий яшашга руҳсат олиш имконияти борлигини тасдиқлагандан сўнгина, сизнинг оилангиз аризалари кўриб чиқилади, ва бундан ташкари Швецияга кўчиб келиш учун қўйилган бошқа талабларга жавоб бера олишингиз ҳам текширилади.

Вақтинчалик яшашга руҳсатингиз бўлса, фақат энг яқин оила аъзоларингиз кўчиб келиши мумкин

Оила деб турмуш ўртоғингиз, аёлингиз, рўйҳатдан ўтган партнёрингиз ёки бирга яшовчингиз (самбо) ва 18 ёшгача фарзандларингиз ҳисобланади. Бошқа қариндошлар ёки 18 ёшга тўлган болаларингиз агар руҳсатингиз вақтинчалик бўлса, Швецияга кўчиб келолмайди. Агар сиз 18 ёшдан кичик бўлсангиз, сизнинг энг яқин оила азоларингизга ота-онангиз киради. Баъзи бир мустасно ҳолатлардагина, бошқа қариндошларга яшашга руҳсат олиш имконияти берилган, масалан 18 ёшдан ошган болалар учун. Қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож сифатида вақтинчалик яшашга руҳсат олганлар учун бу қоидалар амалда.

Агар доимий яшашга руҳсатингиз бўлса ва сиз турмуш қурмокчи/уйланмокчи ёки бирга яшамоқчи (самбо сифатида) бўлган инсон хам сизнинг ёнингизга кўчиб келиши учун ариза топшириши мумкин. Хатто яқин оила аъзоларингиздан бошқалар хам Швецияга кўчиб келиши мумкин.

Оилангизга сизнинг руҳсатингиз муддатига қараб руҳсат берилади. Яъни, агар сизнинг яшашга руҳсатингиз беш ойдан сўнг тугаса, оила азоларингизга ҳам беш ойга руҳсат берилади.

Молиявий таъминлаш бўйича талаб

Агар оилангиз билан қайта қўшилишга ҳақли бўлсангиз, молиявий таъминлаш бўйича талабга жавоб беришингиз лозим бўлади. Яъни сиз ўзингиз ва оилангизни молиявий таъминлай олишингиз керак. Бундан ташқари, оилангиз Швецияга кўчиб келганда яшаши учун керакли ва етарли катталикда бошпанангиз бўлиши лозим.

Молиявий таъминлаш имкониятларингиз

Ўзингиз ва кўчиб келиш учун ариза топширган оилангизни таъминлашингиз учун ишга боғлик доимий даромадингиз борлигини кўрсатиб беришингиз лозим. Ишга боғлик даромад деганда қуйидагилар тушинилади, масалан

  • ойлик иш ҳақи
  • ишсизлик учун нафақа
  • касаллик нафақаси
  • даромадга асосланган қарилик нафақаси.

Агар ўзингиз ва яшашга руҳсат олиш учун ариза топширган оила азоларингизни боқа олиш учун етарли пулингиз бўлса, бу талабга жавоб берган ҳисобланасиз.

Даромадингиз

Молиявий таъминлаш бўйича қўйилган талабга жавоб беришингиз оилангизнинг катталиги ва чиқимларингизнинг миқдорига боғлиқ. Даромадингиз уй-жой учун тўланадиган тўловдан ташқари белгиланган нормадаги миқдорда бўлиши керак. Яъни уй учун тўловдан ташқари қоладиган даромадингиз овқат, кийим-кечак, гигиена, телефон, уй ҳўжалигида чироқ (электр) учун тўлов, суғурталар ва вақтинчалик майда чиқимлар учун етарли бўлиши лозим.

2019 йил учун нормадаги даромад микдори:

  • 4 923 крон ёлғиз бўлган балоғатга етган шахс учун
  • 8 133 крон бирга яшовчи эр-хотин ёки самбо учун
  • 2 612 крон 6 ёшгача бола учун
  • 3 007 крон 7 ёшдан катта бола учун

Уй-жойингиз (бошпана)

Ўзингиз ва оилангиз учун етарли даражада катта ва қулай уйингиз бўлиши лозим. Боласиз эр-хотин учун ошхонаси ёки кичик овқат қиладиган бурчаги бор бир хона уй етарли ҳисобланади. Агар бола(лар) ҳам бўлса, у ҳолда бир нечта хонали уй бўлиши керак. Иккита бола битта ётокхонада ётса бўлади.

Уй-жойни иккинчи қўл сифатида ижарага олиш мумкин, бунинг учун уй эгаси, уй ижара уюшмаси ёки ижара қўмитасининг розилиги бўлиши лозим.

Бошпанангиздан оилангиз Швецияга кўчиб келадиган кундан бошлаб фойдаланишингиз керак.

Оилани боқа олиш талабидан мустасно ҳолатлар

Оилани боқиш ва уй-жой талаби қуйидаги ҳолатларда амал қилмайди, агар

  • 18 ёшдан кичик бўлсангиз
  • қочоқ ёки алтернатив ҳимояга муҳтож бўлсангиз ва оила аъзоларингиз сиз яшашга руҳсат олган ёки ҳимоя статуси олган кундан уч ой ичида ариза топширган бўлса, ёки
  • оила аъзоларингиз 19 октябр 2019 йилдан олдин яшашга руҳсат олиш учун ариза топширган бўлса, ва сиз алтернатив ҳимояга муҳтож сифатида вақтинчалик яшаш ҳуқуқини олган бўлсангиз. Сиз яшашга руҳсат олиш учун аризани 24 ноябр 2015 йилдан сўнг топширган бўлсангиз.
  • ўз руҳсатини чўздиришга топширган оила аъзонгиз бўлса.

Боқа олиш ва уй-жой талабидан мустасно ҳолатлар фақатгина агар оилангиз билан европа иттифоқидан ташқаридаги бошқа давлатда, яъни оилангизни бирор боғлиқлиги бор бўлган давлатда қўшила олиш имконияти бўлмаган ҳолатдагина амал қилади. Сиз ва оила аъзоларингиз четда узоқ вакт давомида бирга яшаган ва ўртангизда кучли оила ришталари мавжуд бўлиши лозим.

Оила муносабатлари ва таъминлаш талаби бўйича саволнома

Швецияга кўчиб келиш учун оилангиз ариза топширганидан сўнг, сизга оилангизга нисбатан муносабатларингиз борасида саволларга жавоб бериш учун саволнома юборилади. Агар таъминлаш талабига жавоб беришингиз лозим бўлса, у ҳолда ўзингиз ва оилангизни қандай молиявий таъминлашингиз, ундан ташқари улар билан бирга яшаш уй-жойингиз борлигини кўрсатиб беришингиз лозим. Миграция ҳизмати оилангиз аризасини кўриб чиқишида сизнинг жавобларингиз жуда муҳим бўлиб, сизга белгиланган вақт ичида саволномани тўлдириб топширишингиз керак.

Агар таъминлаш ва уй-жой талабига жавоб бермасангиз, оилангиз яшаш учун руҳсат олишга топширган аризасига рад жавоби берилади. Агар доимий ишингиз ва бошпана бўйича узоқ муддатли шартномангиз бўлмаса, оилангиз аризасини кўриб чиқишда таъминлаш талабига жавоб беришингизни қайтадан кўрсатиб беришингиз керак.

Аризани ўз вақтида топшириш муҳим

Агар яшаш учун руҳсат олганингиздан уч ой ичида оилангиз ҳам яшаш учун руҳсат олишга ариза топширса, таъминлаш талаби қўйилмайди. Шунинг учун аризани ўз вақтида топшириш жуда муҳим.

Оилангизнинг аризаси вақтида келишини таъминлашнинг энг яхши усули бу сиз оилангиз учун веб-саҳифа орқали яъни интернет орқали ариза топширишингиздир. Агар оилангиз учун ариза топширмоқчи бўлсангиз, у ҳолда сизга ишончнома керак бўлади. Миграция ҳизмати оилангизнинг аризасини рўйҳатдан ўтказганидан сўнг, оилангиз Швециянинг элчихонаси ёки бош консуллигига вақт белгилаши лозим бўлади.

Оилангизга яшашга руҳсат олишда интернет аризаси учун шу ерга босинг

Оилангизга яшашга руҳсат олишда ариза топшириши ҳақида кўпроқ ўқинг

Ишончнома нима дегани?

Ишончнома имзо қўйилган хат бўлиб, унда руҳсат олиш учун ариза топширмоқчи бўлган шахс бошқа шахсга унинг номидан иш кўришига руҳсат беради. Ишончнома, масалан ариза топширишга, қарор сабабларини кўриб чиқишга ёки қарорга норозилик аризаси ёзишга руҳсат бериши мумкин.

Ишончнома ўз ҳуқуқларини бошқага бермоқчи бўлган шахс томонидан ёзилиши ва Миграция ҳизмати талаб қилганда унинг ҳақиқий нусҳасини кўрсатиб бериш лозим.

Ишончнома қуйидаги ҳолатларда ҳақиқий ҳисобланади

  • бу ишончнома бўлиши
  • бошқага ишончнома бераётган шахснинг исм-шарифи, туғилган санаси ва манзили бўлиши
  • ишончнома берилган шахс қандай ҳуқуқларга эгалиги
  • ишончнома олган шахснинг исм-шарифи, шахсий рақами ва манзили бўлиши
  • бошқага ишончнома берувчи шахснинг имзоси
  • ишончнома имзоланган кун ва жой номи.

Аризангизни текширинг

Оилангиз ариза топширгандан сўнг, уларга иш рақами берилади. Шу рақам орқали Миграция ҳизмати аризани рўйҳатдан ўтказганлиги ёки бирор қарор чиқарганлигини текшириш мумкин.

Аризани текширинг

Last updated: 24 July 2019

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.