The Swedish Migration Agency logotype

Qochqin maqomi berilgan shaxslar uchun istiqomat qilish ruxsatnomalari

Uppehållstillstånd för dig som har fått status som flykting – uzbekiska

Agar siz qochqin maqomini olgan boʻlsangiz, sizga uch yil muddatga istiqomat qilish ruxsatnomasi beriladi. Agarda siz istiqomat qilish ruxsatnomangiz muddati tugaguniga qadar oʻzingizni moddiy tomonlama ta’minlash salohiyatiga ega boʻlsangiz, sizga doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasi beriladi.

Vaqtinchalik istiqomat qilish ruxsatnomasi sizga Shvetsiyada uch yil davomida yashash va ishlash huquqini beradi. Bu muddat davomida doimiy istiqomat qilish ruxsati boʻlgan shaxs sifatida tibbiy xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Rezident kartasini istiqomat qilish ruxsati borligining isboti sifatida olasiz. Ushbu karta shaxsni tasdiqlashga yoki sayohat uchun oʻtmaydi. Ruxsatnomangiz amal qilish muddati davomida mamlakat boʻylab sayohat qilishingiz mumkin, lekin Shvetsiyadan chiqib ketayotgan vaqtingizda qayta kirish uchun amaldagi pasportingiz va rezident kartangiz boʻlishi kerak.

Rezident kartalari haqida batafsil ma’lumot oling

Aholi roʻyxatida roʻyxatdan oʻtish

Vaqtinchalik istiqomat qilish ruxsatnomasini olganingizda Shvetsiya Soliq Agentligi (Skatteverket) qoshidagi aholi roʻyxatida darhol roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Muxojirlar uchun shved tili darslarini (sfi)olish va Shvetsiya ijtimoiy himoya tizimi imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun aholi roʻyxatida roʻyxatdan oʻtishingiz lozim. Aholi roʻyxatidan oʻtganingizdan keyin siz Shvetsiya shaxsni tasdiqlash hujjatini olishingiz mumkin, chunki bu hujjat, misol uchun, sizga bank hisob raqami ochmoqchi boʻlganingizda kerak boʻladi.

Aholi roʻyxatidan oʻtish uchun siz Shvetsiya Soliq Agentligiga borishingiz kerak va Agentlik sizning manzilingiz, oilaviy ahvolingiz (turmush qurganmisiz yoki yoʻq), qaysi davlat fuqarosi ekanligingiz va tugʻilgan joyingiz haqidagi ma’lumotni qayd qiladi. Shvetsiya Soliq Agentligiga borganingizda, oʻzingiz bilan rezident kartangiz va amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib borishingiz kerak. Agar Shvetsiya Migratsiya Agentligi shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olib qolgan boʻlsa, undan nusxa soʻrashingiz mumkin. Asliga toʻgʻriligini tasdiqlash maqsadida, nusxa uni bergan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. U shaxs oʻzining ismini katta harflarda telefon raqami bilan birga yozib berishi kerak.

Aholini roʻyxatga olishga oid Shvetsiya Soliq Agentligi ma’lumoti (ingliz tilida)external link, opens in new window

Mehnat faoliyati joriy tadbirlari

Yaqinda Shvetsiyada yashash uchun ruhsat olgan va shu yerda ishlashga haqli bo´lgan inson sifatida sizga mehnat bozoriga tezroq chiqib ketishingizda ko´mak beruvchi turli joriy tadbirlar taklif etiladi. Joriy tadbirlar turli ko´mak beruvchi faoliyatlar bo´lib, shular orasida sizga shvet tili o´rgatish, mehnat bozoriga chiqishingiz va o´zingizni ta´minlashingizda yordam beruvchi tadbirlar mavjud. Shvetsiyada joriy tadbirlar va ish qidiruvchilar bilan Arbetsförmedlingen (Mehnat inspeksiyasi) shug´ullanadi. Mehnat inspeksiyasining internet sahifasida ko´proq ma´lumotlarni topishingiz mumkin. Ma´lumotlar turli tillarda mavjud.

Mehnat inspeksiyasining web-sahifasidagi joriy tadbirlar haqida ma´lumotlar (ingliz tilida)external link, opens in new window

Arbetsformedling (Ish ta’minoti bo’yicha yordamchi tashkilot) sizga 65 yoshga to’lguningizcha, yani Shvetsiyada nafaqa yoshigacha sizga ish topishda yordam berishi mumkin. Shvetsiyaga yoshi ancha katta bo’lib kelganlar ko’pincha juda kam nafaqa yoki umuman nafaqa olmasliklari mumkin. Agar siz nafaqa olmasangiz, u holda Pensionsmyndigheten (Nafaqa qo’mitasi) ga murojat qilishingiz va qarilik moddiy yordami olish uchun ariza yozishingiz mumkin.

Pensionsmyndighet (Nafaqa qo’mitasi) sahifasida qarilik moddiy yordami haqida o’qishingiz mumkin (shved tilida)external link, opens in new window

Shvetsiyada ishlash

Agar vaqtinchalik, ya´ni uch yillik yashash uchun ruhsatingiz bo´lsa, u holda sizga Shvetsiyada ishlash uchun ruhsat beriladi. Vaqtinchalik yashash uchun ruhsatingiz tugash vaqtida o´zingizni moliyaviy ta´minlash uchun yetarli ishingiz bo´lsa, doimiy yashash uchun ruhsat olishga ariza topshirishingiz mumkin.

Ishga kirish uchun hujjat toprishganda, Shvetsiyada yashashga va ishlashga huquqingiz borligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etishingiz kerak. Rezident kartangizni ham oʻzingiz bilan olib oling. Ish beruvchi qanday muddat davomida Shvetsiyada ishlashingiz mumkinligi va ruxsatnomangizda cheklovlar bor-yoʻqligini bilishni xohlaydi. Ish beruvchi hujjatlaringiz nusxasini xohlaydi va Shvetsiya Soliq Agentligiga ishga olinganligingiz haqida ma’lumot beradi.

Oila birlashishi

Agarda sizga qochqin maqomi berilgan boʻlsa, sizning oila a’zolarnigiz siz bilan Shvetsiyada birlashishi uchun istiqomat qilish ruxstanomalariga ariza topshirishlari mumkin. Faqatgina eringiz, xotiningiz, roʻyxatdan oʻtgan sherigingiz yoki fuqaroviy turmush oʻrtogʻingiz, va 18 yoshga toʻlmagan farzandlaringizgina istiqomat qilish uchun ruxsatnomalarga ariza berishlari mumkin. Siz va sizning sherigingiz eng kamida 21 yoshga toʻlgan boʻlishlaringiz shart. Shvetsiyaga kelishingizdan oldin birga yashagan boʻlishlaringiz ham shart. Agar oʻrtangizda farzandlaringiz boʻlsa, yoshga oid talabdan ozod qilinishingiz mumkin. Oilangizga istiqomat qilish ruxsatnomasi berilishi uchun oʻzingizning ruxsatnomangiz muddati oʻtib ketmagan boʻlishi kerak.

Agar sizga oilangiz bilan birlashish huquqi berilgan boʻlsa, moddiy ta’minot talabi deb ataladigan talab sizga qoʻllanilishi mumkin. Buning ma’nosi siz oʻzingizni va oila a’zolaringizni moddiy tomonlama ta’minlash imkoniyatiga ega boʻlishingiz kerak. Oilangiz Shvetsiyaga birga yashash uchun koʻchib kelganida, yetarli kattalikdagi va sharoitga ega boʻlgan uy-joyingiz boʻlishi shart.

Oila birlashishi va moddiy ta’minot talabi haqida batafsil ma’lumot oling

Istiqomat qilish ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin

Agar istiqomat qilish ruxsatnomasiga ariza bergan vaqtingizda yolgʻon ma’lumot bergan yoki arizangizni koʻrib chiqish vaqtida ta’siri boʻlishi mumkin boʻlgan muhim ma’lumotni bila turib yashirgan boʻlsangiz, sizning istiqomat qilish ruxsatnomangiz bekor qilinishi mumkin.

Agar jinoyat sodir etsangiz, sud sizni deportatsiya qilish uchun qaror chiqarishi mumkin. U holda Migratsiya Agentligi istiqomat qilish ruxsatnomasini bekor qiladi. Sizning istiqomat qilish ruxsatnomangiz bir necha yil oldin berilganligiga qaramasdan bekor qilinishi mumkin.

Vaqtinchalik istiqomat qilish ruxsatnomasini choʻzdirish

Vaqtinchalik yashash uchun ruhsatingiz tugasa, uni uzaytirish uchun ariza topshirish imkoniyatiga egasiz. Agar davomiy himoyaga muhtoj bo´lsangiz, yashash uchun ruhsatingiz uzaytirilishi mumkin. Ba´zi holatlarda Shvetsiyada qolish uchun boshqa sabablaringiz bo´lsa ham yashash uchun ruhsat olishingiz mumkin.

Yashash uchun ruhsatingizni uzaytirish haqida ko´proq o´qing (ingliz tilida)

Shikoyatlar

Vaqtinchalik istiqomat qilish ruxsatnomasi qarori ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

Yashash uchun ruhsati tufayli Shvetsiyaga yangi ko’chib kelganlar uchun ma’lumotlar

Yashashga ruhsat berilganligi haqidagi qarorni saqlab qo’yishni unutmang. Turli davlat organlari va tashkilotlari bilan muloqot qilganingizda qarordan foydalanasiz.

Yashash joyingizga ro’yhatga turish va shved shaxsiy raqami olish uchun Skatteverketexternal link, opens in new window (Soliq qo’mitasiga) murojat qilasiz.

Ijtimoiy himoya tizimiga (sug’urta) yozilish uchun esa Försäkringskassanexternal link, opens in new window (Davlat sug’urta qo’mitasiga) murojat qilasiz.

Ba’zi munisipalitetlarda munisipalitet uy-joy ta’minoti bo’yicha tashkilotlar mavjud va ular yordamida uy-joy qidirishingiz mumkin. Bundan tashqari munisipalitetlar hususiy uy egalari bilan bog’lanish haqida yordam ham berishadi.

Siz yashab turgan munisipalitet bolalar uchun maktab/bog’cha masalasida yordam beradi.

Agar Shvetsiyaga qochoq sifatida kelgan bo’lsangiz, u holda uyingizni jihozlash uchun kredit so’rash imkoniyatiga egasiz. www.csn.se/hemutrustningslanexternal link, opens in new window

Tibbiyot masalasida yashab turgan tumaningizga murojat qiling. external link1177 Vårdguiden Tibbiyot bo’yicha ko’rsatmalarda butun mamlakatda tibbiyot qidirish.external link, opens in new window

SFI (muhojirlar uchun shved tili) da o’qish uchun yashab turgan munisipalitetingizga murojat qiling. Sveriges kommuner och regionerexternal link, opens in new window (Shvetsiya munisipalitetlari va tumanlari) sahifasini ham ko’rishingiz mumkin.

Agar ish izlasangiz, Arbetsförmedlingenexternal link, opens in new window (Ish bilan ta’minlash qo’mitasida) ro’yhatdan o’tishingiz mumkin.

Pensionsmyndighetenexternal link, opens in new window (Nafaqa qo’mitasi) da siz haqingizda yani Shvetsiyaga yoshi ancha katta bo’lib kelganlar va kam nafaqa yoki umuman nafaqa olmaydiganlar uchun qarilik moddiy yordami haqida shved tilida ma’lumotlar mavjud.

Oliy o’quv yurtlari bo’yicha ma’lumotlarni Antagning.seexternal link, opens in new window yoki studera.nuexternal link, opens in new window sahifasida topishingiz mumkin.

O’qish uchun moddiy yordam masalasida CSN, Centrala studiestödsnämndenexternal link, opens in new window (Ta’lim bo’yicha markaziy moddiy yordam qo’mitasiga) murojat qilishingiz mumkin.

Haydovchilik guvohnomasi bo’yicha Transportstyrelsenexternal link, opens in new window (Transport qo’mitasiga) murojat qilishingiz mumkin.

Ovoz berish huquqi masalasida Valmyndighetenexternal link, opens in new window (Saylov qo’mitasiga) murojat qilishingiz mumkin.

Shvetsiyada maktablar masalasi yuzasidan Skolverketexternal link, opens in new window (Maktab qo’mitasiga) murojat qilasiz.

Shvetsiya va shved jamiyati haqida ma’lumotlarni turli tillarda Information om Sverigeexternal link, opens in new window (Shvetsiya haqida ma’lumotlar) sahifasida o’qishingiz mumkin.

Shvetsiyada jamiyat haqida ko’proq ma’lumotlarni Svenska institutet (Shvetsiya organlarining) internet sahifasidaexternal link, opens in new window o’qishingiz mumkin.

Hej hej Sverige!external link, opens in new window (Salom salom Shvetsiya) sahifasida Shvetsiyada yashash tarzi haqida qisqa va qiziqarli filmlarni ko’rishingiz mumkin.

Lära svenska www.informationsverige.se sahifasida shved tilini o’rganingexternal link, opens in new window sahifasida o’zingiz mustaqil ravishda shved tili o’rganishingiz uchun turli dasturlarni topish mumkin.

Konsumentverkets upplysningstjänstexternal link, opens in new window (Iste’molchilar qo’mitasining ma’lumotlar hizmatida) harid yoki shartnomalar haqida savollaringizga javob topishingiz mumkin.

Last updated: 25 November 2019

Was the information on this page helpful to you?