Qochoqlik arizangizga rad javobini olsangiz
Om du får avslag på din ansökan om asyl – uzbekiska
Arizangizga rad javobini berishgan bo´lsa, bu Migratsiya hizmati sizda Shvetsiyada qolishingiz uchun yetarli sabab mavjud emas degan hulosaga kelganligi tushuniladi. Agar sizga rad javobini berishsa, sizda ikkita tanlov qoladi: qarorni qabul qilish va qaytib ketish, yoki unga e´tiroz bildirib ariza yozish. Agar e´tiroz bildirishni tanlasangiz, u holda arizangizni sud ko´rib chiqadi. E´tiroz arizasini yozsangizda, lekin qaytib ketishni rejalashtiravering.
- አማርኛ (amhariska)
- العربية (arabiska)
- Azərbaycanca (azerbajdzjanska)
- ب ه سۆرانی (sorani)
- English (engelska)
- Español (spanska)
- پارسی (persiska)
- Français (franska)
- Bosanski, hrvatski, srpski (kroatiska)
- Հայերեն (armeniska)
- ქართული (georgiska)
- Kurmancî (kurmandji)
- Монгол хэл (mongoliska)
- يه دری (dari)
- پښتو (pashto)
- Arlijan (romani arli)
- Русский (ryska)
- Af soomaali (somaliska)
- Shqip (albanska)
- Swedish (svenska)
- ትግርኛ (tigrinska)
Agar chiqib ketish/chiqarib yuborish qarorini qabul qilsangiz, u holda qarordan roziman degan qog´ozga imzo chekasiz. Qarorga rozilik bildirib imzo chekkandan so´ng, unga e´tiroz bildira olmaysiz va yurtingizga qaytishga reja tuzishingiz lozim. Rozilik bildirib imzo chekmasangiz ham baribir qaytishingiz yuzasidan Migratsiya hizmati bilan hamkorlik qilishingiz muhim.
Chiqib ketish qarori odatda to´rt yil kuchda bo´ladi.
Shvetsiyadan chiqib ketadiganlar uchun ko´proq ma´lumotlarni shu yerda o´qing
Qaytib ketishga ko´maklashish/yordam
Qaysi davlatdan kelganligingizga qarab yurtingizda sizga birinchi vaqtlar oson bo´lishi uchun moliyaviy va boshqa yordam usullari mavjud.
Qaytib ketishda kimlar uchun yordam berilishi haqida shu yerda ko´proq o´qing
Agar qarorga rioya qilmasangiz
Agar qaroringizda yozilgan vaqt ichida Shvetsiyadan chiqib ketmasangiz, Migratsiya hizmatidan uy-joy va moliyaviy yordam huquqidan mahrum bo´lasiz va sizga qaytib kirish uchun taqiq qo´yiladi.
Migratsiya hizmati yana sizga nisbatan chiqib ketishingizga qadar kuzatuvga olish yoki ushlab turish qarorini chiqarishi mumkin. Bundan tashqari Migratsiya hizmati sizning chiqib ketish yuzasidan qaroringiz ijrosini politsiyaga topshirishi ham mumkin.
Kuzatuvga olish va ushlab turish haqida shu yerda ko´proq o´qing
E´tiroz bildirish
Agar Migratsiya hizmati qaroridan norozi bo´lsangiz, uning ustidan e´tiroz arizasini yozishingiz mumkin. E´tiroz arizasini yozganda siz suddan Migratsiya hizmati qarorini ko´rib chiqishini so´ragan hisoblanasiz. E´tiroz arizasi ma´lum vaqt ichida yoziladi. Topshirish vaqti qaroringizda yozilgan bo´ladi.
Rad javobidan so´ng sodir bo´ladiga yangi hodisalar
Agar qaytib ketishingizga to´sqinlik qiladigan biror hodisa yuz bersa, bu haqida qabul bo´limingizga xabar bering. Shunda Migratsiya hizmati sizni chiqarib yuborishga to´siq borligini ko´rib chiqadi. Bu siz
qarordan xabar topgandan so´ng kelgan yangi ma´lumot bo´lishi kerak.
Rad javobidan keyingi yangi hodisalar haqida shu yerda ko´proq o´qing