Agar boshpana so‘ragan talabingiz rad etilsa

Om du får avslag på din ansökan om asyl – uzbekiska

Agar boshpana so‘ragan talabingiz rad etilsa, bu Shvetsiyaning Migratsiya agentligi ushbu mamlakatda yashash uchun keltirgan sabablaringizni qabul qilmaganini bildiradi. Iltimosingiz rad etilgan bo‘lsa, siz uchun ikkita tanlov bor: qarorga bo‘ysunib, orqaga qaytish yoki qaror ustidan shikoyat qilish. Agar shikoyat qilishni tanlasangiz, sud ushbu qaroringizni ko‘rib chiqadi. Hatto shikoyat qilgan taqdirda ham qaytib ketish rejasini tuzishingiz kerak bo‘ladi.

Agar qaror qabul qilsangiz, qanoat bayonnomasi degan hujjatni imzolashingiz zarur. Uni imzolaganingizdan so‘ng shikoyat qila olmaysiz va mamlakatingizga qaytib ketish rejasini tuzishingiz kerak bo‘ladi.

Mamlaklatingizga qaytib ketishini rejalashtiring

Safaringizni rejalashtirish, pasport olish va mamlakatingizga qaytish yoki yashash huquqingiz bo‘lgan boshqa mamlakatga safar qilish uchun faqat o‘zingiz javobgar bo‘lasiz. Shvetsiyaning Migratsiya agentligi mamlakatingizdagi aloqa qilish mumkin bo‘lgan shaxslar yoki safaringizni bronlash uchun ko‘mak berishi mumkin. Qaysi mamlakatdan kelganingizga qarab, mamlakatingizga qaytib kelganingizning ilk davrida yashashingiz oson bo‘lishi uchun moliyaviy yordam ajratilishi mumkin. Sizni qabul qiluvchi bo‘limdan “ortga qaytish yordami” haqida so‘rab ko‘ring.

Orqaga qaytishingiz haqida batafsil ma’lumot

Kim “ortga qaytish yordami” olishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot

Qaror to‘rt yil davomida kuchga ega bo‘ladi

Rad etish to‘g‘risidagi qarorlar to‘rt yil davomida kuchga ega bo‘ladi.

Apellyatsiya

Agar buning o‘rniga apellyatsiya shikoyati berishni tanlasangiz, bu suddan Shvetsiya Migratsiya agentligining qarorini ko‘rib chiqish uchun iltimos qilishingizni bildiradi. Agar sizni chiqarib yuborish – deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa ham, apellyatsiya shikoyatingiz ko‘rib chiqilayotgan paytda Shvetsiyada yashab turishingiz mumkin. Agar buning o‘rniga sizni zudlik bilan deportatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati bergan bo‘lsangiz ham, Shvetsiyadan chiqib ketishingiz shart.

Apellyatsiya shikoyati berish haqida batafsil ma’lumot

Zuidlik bilan amalga oshiriladigan deportatsiya haqida batafsil ma’lumot

Mabodo qarorga bo‘ysunmasangiz

Qaror kuchga kirgandan so‘ng apellyatsiya shikoyati bera olmaysiz (qarorga kuchga kirdi) va Shvetsiyadan chiqib ketishingiz shart. Deportatsiya qilinishingiz to‘g‘risidagi qarorda Shvetsiyadan chiqib ketishdan oldin qancha vaqtingiz qolgani aniq ko‘rsatilishi zarur. Ushbu vaqt tugagandan so‘ng biror joyda yashab turish yoki Migratsiya agentligidan moliyaviy ko‘mak olish huquqingiz bo‘lmaydi. Bu qaramog‘idagi 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bilan yashamaydigan barcha katta yoshli kishilarga nisbatan qo‘llanadi.

Migratsiya agentligi nazorat va yashab turish haqida ham qarorlar qabul qilishi mumkin. Nazorat ma’lum vaqt icihda Migratsiya agentligi yoki politsiyada ro‘yxatdan o‘tishingiz shart ekanini anglatadi. Agar yashab turish haqida qaror qilgan bo‘lsangiz, jo‘nab ketishni kutib turgan paytda ijara uyda yashab turishinhgiz mumkin. Qaytib kelishingizni taqiqlash haqida ham qaror olishinghiz mumkin.

Agar Migratsiya agentligi qarorni bajarish uchun kuch ishlatilishi shart degan fikrda bo‘lsa, uni qo‘llash politsiyaning zimmasidadir.

Agar qarorga bo‘ysunmasangiz, nima bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot

Qaytib kelishni taqiqlash

Qarorda qayd etilgan vaqtda Shvetsiyadan chiqib ketmasangiz, qaytib kelishingizni taqiqlovchi qaror olishingiz mumkin va bu Shengen zonasiga kiruvchi mamlakatlarga kirishingiz ma’lum vaqt taqiqlanishini bildiradi.

Agar zudlik bilan deportatsiya qilinishga hukm etilgan bo‘lsangiz, har doim qaytib kelishingizni taqiqlovchi qaror olasiz.

Qaytib kelishni taqiqlovchi qaror va undan qutulib qolish uchun nima qilish kerakligi haqida batafsil ma’lumot

Zudlik bilan deportatsiya qilinish haqida batafsil ma’lumot

Qarordan so‘ng ro‘y beradigan voqealar

Agar qaytib ketishingizga to‘sqinlik qiladigan biror voqea sodir bo‘lsa, bu haqda o‘zingizni qabul qilgan bo‘limga xabar qilishingiz shart. So‘ngra Migratsiya agentligi deportatsiyaga to‘sqinlik qilgan holatlarni o‘rganib chiqadi. Ko‘rib chiqilgan ishingiz bo‘yicha qarorni qo‘lga olganingizdan so‘nggi vaziyat bilan bog‘liq yangi ma’lumot bo‘lishi shart.

Iltimosingiz rad etilganidan so‘nggi yangi ma’lumotga nimalar kirishi haqida batafsil ma’lumot

Yashash joyi, bank kartasi va LMA kartasi

Agar iltimosingiz rad etilgani yoki deportatsiya to‘g‘risida qaror olgan bo‘lsangiz, qaror kuchida qolgan va ixtiyoriy chiqib ketish vaqti tugagan bo‘lsa, yashash joyingiz va moliyaviy yordam olish huquqidan mahrum bo‘lasiz. Bu qaramog‘ingizdagi 18 yoshgacha bo‘lgan farzandingiz bilan yashamaydigan katta yoshli kishi bo‘lsangiz, sizga nisbatan qo‘llanadi.

Yashash joyingiz va moliyaviy yordam olish huquqingiz bo‘lmagan holatda LMA kartasini Migratsiya agentligiga qaytarishingiz shart. Agar bank kartasini Migratsiya agentligidan olgan bo‘lsangiz, hisobdagi pulni olishingiz va kartani qaytarishingiz kerak. Agar Migratsiya agentligi turarjoylaridan birortasida yashab turgan bo‘lsangiz, undan chiqib ketishingiz va kalitni qaytarishingiz lozim.

Sog‘liqni saqlash va maktab

Shvetsiyadan chiqib ketadigan kuningizga qadar oldingiday sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lasiz, biroq endi dori-darmon yoki sog‘liqni saqlash xarajatlari uchun moliyaviy kompensatsiya ola bilmaysiz, chunki moliyaviy yordam olish huquqingiz bekor qilingan bo‘ladi.

Bolalar Shvetsiyada yashab turgan paytida maktabda o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.

Bolalar va boshpana haqida batafsil ma’lumot

Last updated: 20 February 2017

Was the information on this page helpful to you?