Agar qarorga e´tiroz bildirmoqchi bo´lsangiz
Om du vill överklaga – uzbekiska
Agar Migratsiya hizmati qaroridan norozi bo´lsangiz, unga nisbatan e´tiroz arizasini yozishingiz mumkin. Quyida qanday qilib qaror yuzasidan e´tiroz arizasi yozish haqida ko´proq ma´lumotlar olishingiz mumkin.
- አማርኛ (amhariska)
- العربية (arabiska)
- Azərbaycanca (azerbajdzjanska)
- ب ه سۆرانی (sorani)
- English (engelska)
- Español (spanska)
- پارسی (persiska)
- Français (franska)
- Bosanski, hrvatski, srpski (kroatiska)
- Հայերեն (armeniska)
- ქართული (georgiska)
- Kurmancî (kurmandji)
- Монгол хэл (mongoliska)
- يه دری (dari)
- پښتو (pashto)
- Arlijan (romani arli)
- Русский (ryska)
- Af soomaali (somaliska)
- Shqip (albanska)
- Swedish (svenska)
- ትግርኛ (tigrinska)
Agar Migratsiya hizmati qarorini qabul qilmasangiz, unga nisbatan e´tiroz bildirish huquqiga egasiz. E´tiroz bildirish deganda Migratsiya hizmati o´z qarorini o´zgartirishini hoxlashingiz tushuniladi. Sizning e´tiroz arizangizni sud ko´rib chiqsada, e´tiroz arizasi Migratsiya hizmatiga yuboriladi. Odatda qarorda qancha vaqt ichida e´tiroz bildirishingiz ko´rsatiladi, va odatda bu vaqt qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida yozilishi kerak. Agar advokatingiz bo´lsa, u sizga e´tiroz arizasini yozishda yordam berishi mumkin.
Agar yashash uchun ruhsat so´ragan bo´lsangiz, lekin arizangiz rad etilgan bo´lsa va qaror chiqqan vaqtda siz Shvetsiyada bo´lsangiz, va qaror yuzasidan e´tiroz bildirmoqchi bo´lsangizda, qaytish uchun reja tuzishingiz lozim. Qaroringizda sud qarorini kutish vaqtida Shvetsiyada yashab turish huquqingiz bor yo´qligi ko´rsatiladi.
Migratsiya sudi e´tirozingizni ko´rib chiqadi
Birinchi navbatda Migratsiya hizmati e´tirozingizni agar o´z qarorini o´zgartirishi mumkin yoki mumkin emasligini ko´rib chiqadi. Agar Migratsiya hizmati o´z qarorini o´zgartirish uchun sabab ko´rmasa, u e´tirozingizni sudga jo´natadi. Sud qarorni yoki o´zgartiradi yoki Migratsiya hizmati qaroriga rozi bo´ladi.
Migratsiya sudi e´tirozingizni qabul qilib olgan kundan boshlab, siz sudga e´tirozingiz va sud ishi yuzasidan savollaringiz bo´lsa murojat qilishingiz mumkin. Migratsiya sudi qarorlaridan xabardor bo´lish sizning bo´yningizda, Migratsiya hizmati siz uchun bu hizmatni amalga oshirmaydi.
Agar advokatingiz bo´lsa, e´tirozingiz sudga oshirilgandan so´ng, advokat bilan uchrashuvga borish uchun yo´l harajatlariga Migratsiya hizmatidan pul ololmaysiz.
Agar fikringiz o´zgarib, e´tiroz arizangizni qaytarib olmoqchi bo´lsangiz, u holda Migratsiya hizmatiga qarorni qabul qilishingiz haqida xabar bering. Shunda e´tirozingiz ko´rib chiqilmaydi va siz qaror yuzasidan yana boshqatdan e´tiroz bildira olmaysiz.
E´tiroz arizasini quyidagicha yozasiz
Qarorda qanday qilib e´tiroz bildirish haqida ma´lumotlar beriladi. Agar Migratsiya hizmati qaroriga e´tiroz bildirmoqchi bo´lsangiz, u holda Migratsiya hizmatining qaysi qarorini o´zgartirishini va nima sababdanligi haqida xat yozishingiz lozim bo´ladi. E´tiroz sabablaringizni isbotlovchi biror hujjat yoki dalil bo´lsa, ularni haqiqiy nusxada arizangizga qo´shib jo´natasiz.
E´tiroz xatida o´zingizning shaxsiy ma´lumotlaringiz va ish raqamingizni ko´rsatasiz. Ish raqamingiz qarorda ko´rsatilgan. Agar boshpana so´rovchi (qochoq) bo´lsangiz, ish raqamingiz LMA-kartangizda ham yozilgan. Sizni Migratsiya hizmati yoki sud muloqot qilishi uchun telefon raqamingiz yoki manzilingizni ham yozing.
Migratsiya hizmatiga e´tirozingiz o´z vaqtida kelishi muhim. Bu sahifadagi jadvalda qaror turiga qarab, e´tiroz bildirish uchun qancha vaqtingiz borligini ko´rishingiz mumkin. Vaqt sizga qaror yetkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar o´zingiz e´tiroz bildira olmasangiz, boshqa birovdan yordam berishini so´rang. Bu holatda sizga yordam bermoqchi bo´lgan insonga bergan ishonchnomani Migratsiya hizmatiga junatishingiz lozim bo´ladi.
Ishonchnoma nima?
Ishonchnoma bu ruhsat so´rayotgan odamning boshqa odamga uning o´rniga ish ko´rishiga ruhsat berilayotgan va imzo qo´yilgan xat hisoblanadi. Ishonchnoma boshqa birovga masalan, ariza yozish, qaror sabablaridan xabardor bo´lish yoki qarorga e´tiroz bildirish huquqini berish hisoblanadi. Ishonchnoma ishonch bildiruvchi tomonidan yozilib, agar Migratsiya hizmati talab qilganda, asl nusxada topshiriladi.
Boshqa odam uchun ishonchnoma berish uchun siz Migratsiya hizmatiga quyidagi ma´lumotlarni o´z ichiga olgan xat topshirasiz:
- bu ishonchnoma ekanligi
- boshqaga ishonchnoma berayotgan odamning ismi, tug´ilgan sanasi va manzili
- ishonchnoma olgan insonga qanday huquqlar berilganligi
- ishonchnoma olgan odamning ismi, shaxsiy raqami va manzili
- boshqaga ishonchnoma berayotgan odamning imzosi
- ishonchnoma imzolangan sana va joy nomi.
Agar Migratsiya sudi qaroriga e´tiroz bildirmoqchi bo´lsangiz
Agar Migratsiya sudining qaroridan norozi bo´lsangiz, sud qaroridan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida Migratsiya yuqori sudiga e´tiroz xatini yuborishingiz mumkin. Migratsiya yuqori sudi oxirgi instansiya bo´lib, uning qarori shunga o´xshash ishlar yuzasidan chiqariladigan qarorlarda Migratsiya hizmati va Migratsiya sudlari uchun yo´l ko´rsatuvchilik vazifasini o´taydi.
Migratsiya yuqori sudi faqatgina biror huquqiy ko´rsatmasi mavjud bo´lmagan yoki Migratsiya sudi noto´g´ri ko´rib chiqqan ba´zi ishlarnigina ko´rib chiqadi. Ko´p holatlarda Migratsiya yuqori sudi e´tirozlarni ko´rmaslik haqida qaror chiqaradi. Bu holatda esa Migratsiya sudi chiqargan qaror kuchga kiradi.
Hamma qarorga nisbatan e´tiroz bildirib bo´lmaydi
Ba´zi qarorlarga nisbatan e´tiroz bildirib bo´lmaydi. Qaroringizda e´tiroz bildirishingiz mumkin yoki mumkin emasligi haqida yozib qo´yiladi.
Quyidagi qarorlarga e´tiroz bildirib bo´lmaydi:
- qabul qilib, rozilik bildirib imzo chekilgan qarorlar
- Migratsiya yuqori sudining e´tirozingizni ko´rib chiqmaslik to´g´risidagi qarori
- sizga vaqtinchalik yashash huququi berilganligi haqidagi qaror.
Turli e´tirozlar uchun turli vaqtlar
Migratsiya hizmatiga e´tirozingizni o´z vaqtida yuboring. Agar sud qaroriga e´tiroz bildirmoqchi bo´lsangiz, u holda e´tirozingizni sudga jo´nating, va buni o´z vaqtida amalga oshiring. Qancha vaqt ichida e´tiroz bildirishingiz qaroringizda yozilgan bo´ladi.
Agar belgilangan vaqt ichida e´tiroz xatini yubormasangiz, qaror kuchga kiradi. Ya´ni qaror yuzasidan e´tiroz bildirib bo´lmaydi.
Sizga berilgan qarorlar | E´tiroz bildira olasiz |
---|---|
chiqib ketish qarori | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
darxol ijro etiluvchi chiqib ketish qarori | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
migratsiya sudi qarori | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
maqomni e´lon qilish qarori | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
chiqish uchun hujjatlar haqida qaror | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
pasporti yo´qlar uchun vaqtinchalik pasport haqida qaror | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
Shvetsiyadan o´z vaqtida chiqib ketmaganlik sababli Shengen davlatlariga kirish uchun taqiqlash haqida qaror | Migratsiya hizmati qaror chiqargan kundan boshlab uch hafta ichida |
boshqa sabab tufayli davlatga kirish ma´n etilishi haqida qaror | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
mahsus moliyaviy yordam puli haqida qaror | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
kunlik yordam puli qiymatini kamaytirish yoki bekor qilish haqida qaror | Migratsiya hizmati qaror chiqargan kundan boshlab besh hafta ichida |
alternativ himoyaga muhtoj maqomini berish haqida qaror (agar sizga buning o´rniga qochoq maqomi berilishini istasangiz) | qarordan xabar topgan kundan boshlab uch hafta ichida |
nazoratga olish yoki ushlab turish haqida qaror | istagan paytda |