O´z vatanida jamiyatda qayta o´z o´rnini topishda yordam ko´rsatish

Stöd till återetablering i hemlandet – uzbekiska

Agar boshpana so´rab yozgan arizangizga rad javobini olgan va o´z yurtingizga qaytayotgan bo´lsangiz, Migratsiya hizmatidan yordam olishingiz mumkin. Siz moliyaviy yordam so´rab ariza yozishingiz, va undan tashqari o´z yurtingizda jamiyatda tezroq o´z o´rningizni topib ketishingiz uchun ko´mak olishingiz mumkin.

Jamiyatda qayta o´z o´rnini topishda moliyaviy yordam

Moliyaviy yordam turli qiyinchiliklar sababli jamiyatda o´z o´rnini topish imkoniyatlari chegaralangan davlatlardan biriga qaytmoqchi bo´lganlar uchun beriladi.

Bugunga kelib Migratsiya hizmatining baholashiga binoan quyidagi davlatlarga qaytayotganlar uchun moliyaviy yordam beriladi:

Afg´oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Kot- d´Ivuar, Eritreya, Iroq, Yemen, Liberiya, Liviya, Mali, Serra Leone, Somaliya, Palastin, Sudan, Janubiy Sudan, Siriya, Chad.

Bu yerda moliyaviy yordam va unga qanday ariza yozish mumkinligi haqida ko´proq o´qishingiz mumkin

O´z vataningizda reintegratsiya qilishda yordam ko´rsatish

Siz o´z vataningizda jamiyatga qaytishingiz uchun yordam, ya´ni reintegratsiya yordamini olishingiz mumkin. O´z o´rnida bu yordam vataniga qaytayotgan, mehnat bozorida yoki huquqiy maslahatga muhtoj bo´lganlar uchun taklif etiladi.

Hozirda bu yordam quyidagi davlatlarga qaytayotganlar uchun taklif etilmoqda:

Afg´oniston, Iroq (Kurdiston), Iroq (markaziy va janubiy), Marokko, Pokiston, Rossiya.

Bu yerda reintegratsiya uchun yordam va unga qanday ariza yozish mumkinligi haqida ko´proq o´qishingiz mumkin (Igliz tilida)

Last updated: 2017-10-19

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.