Jamiyatda o´z o´rnini topish uchun moliyaviy yordam

Ekonomiskt stöd till återetablering – uzbekiska

O´z vataningizga qaytayotgan bo´lsangiz Migratsiya hizmatining moliyaviy yordam taklifiga ariza yozish imkoniyatiga egasiz. Bu yordam turli qiyinchiliklar sababli jamiyatda o´z o´rnini topish imkoniyatlari qiyin bo´lgan davlatlarga qaytmoqchi bo´lganlar uchun beriladi. Yordam uchun arizani Shvetsiyada turib yozishingiz lozim.

Quyidagi davlatlardan birortasiga qaytayotganlar moliyaviy yordam olishlari mumkin:

Afg´oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Kot- d´Ivuar, Eritreya, Iroq, Yemen, Liberiya, Liviya, Mali, Serra Leone, Somaliya, Palastin, Sudan, Janubiy Sudan, Siriya, Chad.

Yordam olish uchun shartlar

Quyidagi holatlarda moliyaviy yordam olishingiz mumkin:

  • Shvetsiyada boshpana so´rab yozgan arizangizga rad javobi kelgan bo´lsa, yoki arizangizni qaytarib olgan bo´lsangiz
  • turli qiyinchiliklar sababli jamiyatda o´z o´rnini topish imkoniyatlari chegaralangan davlatlardan biriga o´z hoxishingiz bilan qaytmoqchi bo´lsangiz
  • qaytib ketmoqchi bo´lgan davlatda yashab qolishingiz ehtimoli bo´lsa
  • arizani Shvetsiyada turib yozgan bo´lsangiz.

Oilangiz uchun yordam

Sizning oila a´zolaringiz, ya´ni turmush o´rtog´ingiz, birga yashovchingiz (sambo), 18 yoshgacha bo´lgan bolalaringiz va boshqa siz bilan birga yashovchi qarindoshlaringiz ham yordam olishlari mumkin. Yordam olish uchun oila a´zolaringiz ham ariza topshirish vaqtida Shvetsiyada bo´lishlari lozim.

Ariza va qaror

Jamiyatda o´z o´rnini topishda yordam olish uchun Shvetsiyada boshpana so´rab yozgan arizangizga rad javobi kelgan, yoki arizangizni qaytarib olgan bo´lishingiz lozim. Rad qarori yoki arizangizni qaytarib olganingizdan so´ng ikki oy ichida moliyaviy yordam uchun ariza topshirishingiz mumkin. Arizani boshpana arizangizni qabul qilgan hodim yordamida yozishingiz mumkin. Migratsiya hizmati arizangizni ko´rib chiqadi va qaror qabul qiladi. Migratsiya hizmatining jamiyatda o´z o´rnini topishda moliyaviy yordam bo´yicha arizaga binoan chiqargan qarori ustidan shikoyat qilib bo´lmaydi.

Yordam puli o´z vataningizda to´lab beriladi

Migratsiya hizmati moliyaviy yordam pullari to´lab beriladigan davlatlarda vakillari mavjud bo´lgan Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) bilan hamkorlik qiladi. XMT sizga yordam pulini to´lab beradi. Shvetsiyadan ketishdan oldin sizga vataningizdagi XMT vakillarining qo´ng´iroq raqamlari beriladi. Vataningizga qaytganingizdan so´ng, u yerga qo´ng´iroq qilib, pullaringizni olish uchun vaqt belgilaysiz.

To´lov AQSH dollarida bo´lib, to´liq summa bir paytning o´zida to´lanadi. Pullarni olish uchun pasportingiz hamda Migratsiya hizmatining moliyaviy yordam haqidagi arizangizga nisbatan chiqargan qarorini ko´rsatishingiz lozim bo´ladi.

Agar yurtingizda XMT vakillari bo´lmasa, u holda pullaringizni Shvetsiyadan chiqib ketishdan oldin olishingiz mumkin.

XMT (Xalqaro Migratsiya Tashkiloti) haqida ko´proq o´qishingiz mumkinexternal link, opens in new window (Igliz tilida)

Moliyaviy yordam pulining qiymati

18 yoshdan kattalar uchun moliyaviy yordam puli 30 000 Shvetsiya kronasiga, 18 yoshdan kichik bolalar uchun esa 15 000 Shvetsiya kronasiga teng. Bir olia eng ko´pi bilan 75 000 Shvetsiya kronasi miqdorida moliyaviy yordam olishi mumkin.

Agar yolg´on/notog´ri ma´lumotlar bergan bo´lsangiz

Migratsiya hizmati olgan pullaringizni quyidagi holatlarga to´liq yoki qisman qaytarishingizni talab qilishi mumkin:

  • o´z hoxishingiz bilan ketmasangiz yoki chiqib ketgandan so´ng yana Shvetsiyaga noqonuniy yo´llar bilan kirib kelsangiz
  • notog´ri ma´lumot berganligingiz yoki boshqa sababalar tufayli moliyaviy yordam notog´ri yoki juda baland qiymatda to´langan bo´lsa.

Last updated: 12 April 2017

Was the information on this page helpful to you?

Thank you for helping us improve our website!

Thank you for helping us improve our website!

Tell us how we can make this page better*






If you wish to ask the Migration Agency a question you can find our contact details under the heading Contact us.