The Swedish Migration Agency logotype

Qochoqlik so´rab murojat qilayotgan LGBTQ insonlar uchun

För dig som är hbtq-person och söker asyl – uzbekiska

Agar sizda jinsiy qarashingiz, jinsingiz, o´z jinsingizni ifoda qilishingiz, genetik shaxsiyatingiz yoki jamiyatdagi boshqa biror guruhga a´zoligingiz sababli ta´qib ostida ekanligingizga yetarli asosda qo´rquv bo´ lsa, u xolda qochoqlikka ariza topshirishingiz va Shvetsiyada himoyaga olinish huquqiga ega bo´lishingiz mumkin. Bunday huquq qochoqlar konventsiyasi, shved qonuni va Evropa Ittifoqi (EI) qoidalarida keltirilgan.

Qochoqlik arizasi va qoidalar

Ta´qib hayotingiz yoki sog´lig´ingiz uchun xavf-xatar yoki zo´ravonlik bo´lishi mumkin. Bundan tashqari, ta´qib sizning jinsiy qarashingiz tufayli sizni qattiq xaqorat qiluvchi qonunlar va qoidalar yoki odamlarning qarashlari bo´lishi ham mumkin. Masalan, ta´qib biror jazo yoki maktabga borish, ish tanlash yoki tibbiy yordam olishingizda sizga nisbatan diskriminatsiya shaklida ham bo´lishi mumkin.

Etnik kelib chiqishi, dini, jinsi yoki jinsiy qarashlaridan qat´iy nazar ta´qib ostida qolishdan qo´rqmasdan o´z siyosiy qarashlarini erkin ifoda etish va siyosiy faollik huquqi Shvetsiyada qolish imkoniyatini beruvchi huquqlardan biriga misol bo´ladi.

Ta´qib vataningizdagi hukumat rasmiylari, oilangiz a´zolari yoki boshqalar tomonidan bo´lishi mumkin. Migratsiya hizmati kelajakda o´z vataningizga qaytganingizda sizga nimalar sodir bo´lishi va vataningizdagi hukumat rasmiylari sizning hayotingizga xavf solayotgan ta´qiblardan sizni himoya qilolmasligi yoki himoya qilishni istamasliklarini o´rganib chiqadi.

Migratsiya hizmati sizni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarda ko´rsatilgan ism-sharifingiz, tug´ilgan kuningiz va huquqiy jinsingiz bo´yicha qochoqlik so´rovchi sifatida ro´yhatga oladi. Shved qonunlari sizga boshqa ism-sharif bilan ro´yxatdan o´tishingizga ruhsat bermaydi, lekin agar vaqtinchalik boshqa ism yoki tahallus bilan ro´yatdan o´tmoqchi bo´lsangiz, bu istangizni bizga aytsangiz, bu haqida eslatma kiritib qo´yamiz.

Tergov va izlanishlar

Agar migratsiya hizmati sizni himoyaga olish va shuning uchun sizga Shvetsiyada yashash uchun ruhsat berish haqida qaror qabul qilishi uchun tergov-izlanish ishlarini olib boradi va bu orqali hayotingiz qanday ekanligi va nima uchun yurtingizga qaytishga qo´rqayotganligizni o´rganib chiqadi. Agar sabab sizning jinsiy qarashlaringiz, o´z jinsingizni ifoda qilishingiz yoki genetik shaxsiyatingiz bo´lsa, bu haqida bizga qancha tez xabar bersangiz shuncha yaxshi. Qanday qilib qochoqlik so´rash haqida ko´proq o´qing.

Qanday qilib qochoqlik so´rash haqida ko´proq o´qing

Migratsiya hizmati bu haqida hayongizda birinchi marta ko´rib turgan insonga gapirish oson emasligini biladi. Balki bu haqida birinchi marta gapirayotgandirsiz, va bu holatda nima shaxsiy ma´lumot ekanligi hamma uchun turlicha bo´lishi mumkin. Shundan bo´lsada, bizga qochoqlik sabablaringizni imkon qadar to´liq gapirib berishingiz juda muhim. Qanchalik ma´lumotlaringiz to´liq bo´lsa, shunchalik migratsiya hizmatining qaror qabul qilish jarayoni yengillashadi. Izlanishlarni olib boruvchi sizga jinsiy qarashlaringiz, jinsingizni ifoda qilishingiz yoki genetik shaxsiyatingiz va bular haqida fikrlaringiz, oila a´zolaringiz bilan munosabatlaringiz, do´stlaringiz va siz tashlab kelgan jamiyat haqida savollar berishi mumkin. Bizda sir saqlash majburiyati mavjud va siz bizga aytganlaringizni boshqalarga, yani sizning arizangiz bo´yicha ishlamaydigan kimsalar uchun sir tutiladi.

Agar izlanishlarni olib boruvchi siz nima deyayotganingizni tushunmasa, yoki u sizdan so´ramagan boshqa muhim ma´lumotlaringiz bo´lsa, bu haqida imkon qadar tezroq ayting. Ishingiz yuzasidan qaror kelishini kutmang.

Agar tarjimon, ish ko´ruvchi va huquqiy himoyachining jinsi yuzasidan istaklaringiz bo´lsa, sizning qochoqlik so´rash jarayoningiz xavfsiz o´tishi uchun migratsiya hizmati istagingiz yuzasidan yordam berishga xarakat qiladi.

18 yoshdan oshganlar huquqiy himoyachi va ish ko´ruvchingiz bilan siz bilan birga ariza topshirganlar ishtirokisiz yolg´iz uchrashasiz. Agar o´zingiz tanigan LGBTQ insonlar haqida ma´lumotlarga ega bo´lgan biror huquqiy himoyachini bilsangiz yoki shunday himoyachi istasangiz, bu masalada ham yordam berishga harakat qilamiz.

Agar 18 yoshga to´lmagan bo´lsangiz

Migratsiya hizmati qochoqlik so´rayotgan barcha bolalarni eshitadi va ularga bu yerda himoya lozim ekanligini ko´rib chiqadi. Shuning uchun siz migratsiya hizmatiga o´z yurtingizdagi hayotingiz va u yerga qaytib ketsangiz, sizga nimalar bo´lishi haqida so´zlab berishingiz lozim bo´ladi. Agar 18 yoshdan kichik bo´lsangiz va Shvetsiyada ota-onangiz bo´lsa, u xolda ularning ishtirokisiz siz bilan yolg´iz suhbatlashish uchun ruhsat olishimiz lozim bo´ladi. Agar Shvetsiyada ota-onangiz bo´lmasa, u xolda vakilingizdan ruhsat so´raladi. Agar ish olib boruvchi bilan ota-onangiz yoki vakilingiz ishtirokisiz gaplashmoqchi bo´lsangiz, bu haqida bizga aytishingiz muhim hisoblanadi.

Tarjimon

Shved tilidagi so´zlar va tushunchalar va sizning ona tilingiz turlicha ma´no anglatishi mumkin. Muhimi o´z hissiyotlaringiz va boshingizdan kechirganlaringizni va nima uchun qo´rqayotganligingizni tushuntirib berishingizda.

Agar tarjimonni tushunmasangiz yoki sizning so´zlaringizni tarjimon xolis tarjima qilmayotgan bo´lsa, bu haqida bizga xabar bering. Jinsiy qarashlar, genetik shaxsiyat yoki jinsiy ifoda yuzasidan ishlatilinadigan barcha so´zlar tarjimonga tanish bo´lmasligiga ham ahamiyat qarating. Shuning uchun siz ishlatayotgan so´z nima ma´noni berishini tarjimonga tushuntiring.

Uy-joy

Ko´p xolatlarda migratsiya hizmati uy-joylarida bitta xonada ikkita yoki ko´proq bir jinsga daxldor insonlar birga yashaydilar. Qochoqlik jarayoni davomida uy-joydagi vaziyatlar tarang bo´lishi va buning oqibatida turli kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.

Shuning uchun imkon qadar yashab turgan joyingizda nima istashingiz yoki nega o´zingizni xavfda sezishingiz haqida ayting. Agar yashab turgan joyingizda muammo paydo bo´lsa, bu haqida bizga xabar bering. Yashab turgan joyingizdagi ish olib boruvchi (handläggare, ö.a) yoki uy-joy ishchilari bilan bu haqida gaplashing.

Salomatlik

Ba´zi shaxarlarda jinsiy salomatlik va ba´zi guruhlar uchun maslaxatlar beruvchi bo´limlar mavjud. Bunday guruhlarga masalan ayollar, yoshlar yoki LGBTQ insonlar kiradi. Ko´proq ma´lumot uchun ishingizni ko´rib chiquvchiga (handläggare, ö.a) murojat qiling.

Nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT)

qilishingiz mumkin. O´z huquqlaringiz va boshqa imkoniyatlaringiz haqida qanchalik ko´proq ma´lumotga ega bo´lsangiz, shunchalik qochoqlik jarayonining turli etaplariga tayyor turasiz. RFSL shunday NNT bo´lib, LGBTQ insonlar huquqlari bilan shug´ullanadi, va LGBTQ qochoqlar uchun yordam, maslaxatlar beradi va turli ijtimoiy uchrashuv joylari bo´yicha ma´lumotlar beradi.

RFSL Yangi a´zolari (RFSL Newcomers)external link, opens in new window

Last updated: 13 May 2020

Was the information on this page helpful to you?